28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:31
Adabiyot 👁 4,456

ORZULARI BIR OLAM YoShLAR

ORZULARI BIR OLAM YoShLAR

Bundan bir necha yil avval  tahririyat ijodiy jamoasi yigʻilishlarida doimo  bir gapni tez-tez takrorlar edik:

- Jurnalistika sohasiga qiziquvchi yoshlar kam, borlari ham shunchaki yozishadi.

Xoʻsh, yosh iqtidorlilarni izlab topish, qobiliyatlarini rivojlantirish, tuman gazetasiga joylardan maqola va xabarlar yozib turadigan jamoatchi muzbirlar safini kengaytirish uchun  nima qilish kerak? Atrofimizni turli xil axborot manbalari qurshab  olgan, ayniqsa internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatlari tobora  kengayib borayotgan bir sharoitda qishloq va shahar yoshlarida tuman gazetasiga maqola yozish ishtiyoqini uygʻotish, ularni jurnalistika sohasiga qiziqtirish qanday kecharkan?

Tahririyat ijodiy jamoasi qarori bilan "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasida "Eng yaxshi insho” tanlovi, jurnalistika sohasiga qiziquvchilar uchun "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi va www.amunews.uz veb-sayti tahririyatining "Mobil muxbir” loyihasi eʼlon qilindi.

Shuni quvonch bilan taʼkidlash joizki, har ikkala tanlov ham kutilganidan ziyoda natijalari bilan nafaqat ijodiy jamoamizni, balki gazetamiz va veb-saytning minglab muxlislarini quvontirdi. Yil davomida, ikki bosqichda, har biri besh xil yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilgan "Eng yaxshi insho” tanlovi gazeta tahririyati uchun oʻnlab jamoatchi muxbirlarning kashf etilishiga imkon  yaratdi. Maʼnaviyatga, jurnalistika sohasiga qiziquvchi Aziza Madrahimova, Sevara Ibrohimova, Shahzod Qurbonboyev, Husanjon Yoʻldoshev, Qunduzoy Yusupova, Yulduz Madadova, Iroda Yerdosheva, Yulduz Yusupova, Muhayyo Rahimboyeva singari yosh muxbirlar bugun oʻz maqola va sheʼrlari orqali tumanimiz xalqiga yaxshi tanish. Oʻz ijod uslubiga, shaxsiy fikriga va mulohazalarini dadil ayta olish qobiliyatiga ega boʻlgan bu yoshlarning har bir maqolasi, sheʼr va hikoyasida mustaqillik gʻoyalari, ona Vatanga mehr-muhabbat tuygʻulari ufurib turadi.

Oʻz tengdoshlaridan ibrat olishga intilib, ijod maydoniga kirib kelayotgan yoshlar safi bugungi kunda quvonarli darajada oʻsdi. Ulardan biri "Oʻrta qalʼa” ovulining "Oqboshqalʼa” mahallasidan Chinoroy Oʻrinboyeva. Chinoroy "Eng yaxshi insho” tanlovining faol ishtirokchisi, tahririyat huzuridagi "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi, dilbar sheʼrlar muallifi. Uning biri-biridan oʻqishli, munozaralarga boy maqolalari kishini oʻylashga, fikrlashga undaydi. Ayniqsa, ona Vatan mavzusi Chinoroy ijodida yetakchi oʻrin tutadi.

Jamila Yangiboyeva ham "Eng yaxshi insho” tanlovi gʻolibi sifatida tengqurlariga, gazeta muxlislariga yaxshi tanish. Kuyuk koʻpir ovuli "Oʻzbekiston” mahallasi ahlining turmush tarzi, intilish va orzulari, mustaqillik yillarida oʻzi tugʻilib-oʻsgan mahallada olib borilgan bunyodkorlik ishlari haqida toʻlqinlanib himoya qiluvchi Jamila fikrlari teran, dunyoqarashi kengligi bilan ajralib turadi.

Insholar tanlovi va "Mobil muxbir” loyihasi ishtirokchilaridan Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi Feruza Yoʻldosheva, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi Dinora Karimboyeva, 71-sonli maktab oʻquvchisi Ozoda Toʻliboyeva, Maftunaxon Kenjaboyeva, Muqaddasxon Yangiboyeva, 38-sonli maktab oʻquvchisi Javohir Yoʻldoshevlar bugungi kunda oʻz ijod namunalari bilan gazeta muxlislari eʼtiborini qozongan jamoatchi muxbirlar sifatida shakllandilar. Aynan ana shu yosh ijodkorlarimizning faolliklari bois, bugungi kunda tumanimizning eng chekka qishloq va mahallalarida "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasining oʻz jamoatchi muxbirlari, jurnalistika sohasiga qiziquvchi yoshlar ijod maydoniga dadil kirib kelishmoqda. Ozoda Toʻliboyeva, Chinoroy Oʻrinboyevalarning oʻz ovullari aholisi turmush tarzi, yoshlarning kiyinish madaniyati, muoamala madaniyatiga oid, shuningdek, Feruza Yoʻldosheva, Muqaddas Yangiboyeva, Maftunaxon Kenjaboyeva hamda Jamila Yangiboyevalarning erta turmush, ommaviy madaniyatga, diniy-ekstremizmga qarshi, ogohlikka davʼat mavzularidagi maqolalari har bir kishini oʻylashga, fikrlashga, mulohaza bilan ish tutishga undashi bilan koʻpchilikka manzur.

Shuni alohida mamnuniyat bilan taʼkidlashni istardimki, tuman matbuotida betakror qobiliyatli yangi avlod vakillari, kelajagiga ishongudek salohiyatli ijodkor-yoshlar shakllanmoqda. Qadamlari dadil, fikrlari oʻktam bu ijodkor-yoshlarning ishtiroki tufayli "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi sahifalarida "Tengdoshlarga gapim bor”, "Ota-onalarga gapim bor”, "Tengdosh - tengdoshga”, "Biz – kelajak vorislarimiz”, "Biz erta turmushga qarshimiz” "Yoshlar fikr bildiradi” kabi ruknlar paydo boʻldiki, bu ruknlar ostida berilayotgan maqolalar, avvalo oʻziga xosligi, hozir-javobligi, zamon taraqqiyotiga hamohangligi bilan mushtariylar eʼtiboriga sazovor boʻlmoqda.

- Mening orzularim bir olam, - deydi Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi Dinora Karimboyeva. – Ijod bilan oshnolik hayotimga koʻplab yangiliklar olib kirdi. 2013-yilda "Jetkenshek” gazetasi tahririyatining "Obod mahallam” koʻrik-tanlovida "Obod  mahallam – Jumur ovulim” maqolam bilan ishtirok etib, tanlov gʻolibi boʻldim. 2014-yilda "Yashil chiroq - 2014” tanlovida Oʻzbekiston Respublikasida faxrli 2-oʻrinni egalladim. 2015-yilda esa "Orasta qizlar” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi gʻolibi sifatida tanlovning mamlakat bosqichiga yoʻllanma oldim va "Eng zukko qiz” yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritdim. Eng muhimi, "Orzularim bir olam” sheʼrlar toʻplamim nashr etildi. Mening barcha yutuqlarimda sevimli "Taraqqiyot koʻzgusi” va "Mening oilam” gazetalarining, amunews.uz veb-saytining oʻrni katta.

Tuman yoshlari oʻrtasida eng faol maʼnaviyat targʻibotchilariga aylangan bu yosh ijodkorlarning ijod namunalarini koʻrib, qalbimizda gʻurur va ishonch tuygʻulari uygʻonadi. Birining joʻshqin sheʼriy satrlari, birining kishini fikrlashga, mulohaza yuritishga undovchi hikoyalari, yana birlarining hayot quvonchlari va tashvishlari haqidagi fikrlari, istiqloldan rang olgan ona Vatan manzaralari, buyuk oʻzgarishlardan soʻz aytguvchi maqolalarini oʻqib, qalbimizda xotirjamlik uygʻonadi.

Bu xotirjamlik – tuman matbuotida kelajak ufqlari yorqin yangi avlod shakllanayotganiga ishonch hamda salohiyatli, bilimdon va zukko, maʼnaviy meros qadrini baland tutadigan intellektual mulk egalari voyaga yetayotganidan dalolatdir. Zero, 82 yillik tarixga ega Amudaryo tuman matbuotining buguni ham, kelajagi ham maʼnaviyatli, salohiyatli, qalblarida orzulari bir olam ijodkorlar ijodi bilan yanada rivoj topaveradi. Qalblari ezgu orzularga toʻla yosh ijodkorlarga:

- Orzu ufqlaringiz yanada yorqin, ijod yoʻllaringiz oydin boʻlsin, xalqimizga maʼnaviyat ulashishdek sermashaqqat va gashtli hayotingiz oppoq nurlarga toʻlsin! – deymiz.

 

Robiya YOʻLDOShEVA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026