Xayr maktab – salom kollej
Amudaryo
tuman Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş
bölimiga qaraşli 87 umumtaʼlim maktablarida 25-may kuni ertalab soat 8:00 da Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasi
madhiyasi yangraşi bilan "Sönggi qönğiroq” tadbiri boşlandi.

Tadbir bayramona bezatilgan umumtaʼlim maktab hovlisida havaskorlar tögaragi çiqişlari, ota-onalar va faxriy öqituvçilar tabriklari bilan boşlandi. Tadbirda jonajon Vatanimizni, tinçlik-osoyiştalikni, yoşlik va muhabbatni, ustozlarga ehtiromni tarannum etuvçi şeʼrlar öqildi, kuy-qöşiqlar ijro etildi. Fan olimpiadalari, intellektual bellaşuvlar, ijodiy tanlovlarda, obodonlaştiriş va jamoat işlarida faol qatnaşgan yoşlarga faxriy yorliqlar topşirildi. Sönggi qönğiroq çalinganida har bir öquvçi yana bir yoşga ulğayganini anglab, qalbi quvonçga töldi. Qönğiroq 9-sinf bitiruvçilari uçun maktabda sönggi bora darsga çorlab çalindi. Biroq 9-sinf öquvçilari uçun 2 sentyabr kuni qönğiroq kasb hunar kollejlari va akademik litseylarda yana qayta çalinadi. Ular taʼliming keyngi bosqiçi hisoblangan kasb hunar taʼlimi oliş uçun yana 3-yil davomida öqişni davom ettiradilar.
Tadbir sönggida barça umumtaʼlim maktablari «Xayr maktab – salom kollej» tadbiri doirasida hududdagi kasb hunar kollejlari va akademik litseyga borişdi. Ular örta maxsus taʼlim muassasalaridagi şaroitlar, öquv laboratoriya xonalari bilan tanişdilar.
Tumanimizdagi
mavjud 74 ta 9 yillik maktablarni bu yil 3178 nafar öquvçilar muvaffaqiyatli
bitkazib, taʼlimning keyingi bosqiçida tumanimizdagi 7 ta kasb hunar
kollejlarida va Manğit şahridagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyida öqişni davom
ettirişi uçun barça şart şaroitlar yaratilgan.
Bundan taşqari yangi 2013-2014 öquv yilida tumanimiz 9-sinf bitiruvçilari Xitoy ovulida yangidan qurilayotgan Amudaryo transport kollejida öqişni davom ettirişlari mumkin.
Ramatulla Matqurbonov,
tuman Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimi,"Öquvçilarni kasb hunarga yönaltiriş va psixologik pedagogik diagnostikasini metodiktaʼminlaş kiçik guruhi” rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶