28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:16
Jamiyat 👁 2,826

TURMUSh TARZIMIZ SOGʻLOM, NIYaTLARIMIZ POK BOʻLSIN...

TURMUSh  TARZIMIZ SOGʻLOM, NIYaTLARIMIZ POK BOʻLSIN...

Bundan ikki-uch oycha ilgari markaziy televidaniyada bir koʻrsatuv berildi. Unda badavlat oilaning yolgʻiz oʻgʻlini giyohvandlar ming bir aldov  bilan oʻzlariga sherik qilib olishadi. Hademay zararli ogʻuga mutʼe boʻlib qolgan oʻgʻli uyidan yashirincha pul olayotganini sezib qolgan ona qarshilik qilganida bir siltanib chiqib ketgan oʻgʻil ikki kun daraksiz ketadi. Qaytib kelganida esa... otasi eshikda, boshida doʻppi, belini bogʻlab qarindoshlari qurshovida turganini koʻradi. Ona... bechora ona oʻgʻlining qoʻlidagi pulga "buni sening toʻyingga deb yiqqanman, bolam”, deb yopishganida oʻgʻlining siltab tashlaganida boshidan ogʻir lat yeb bir kundan soʻng kasalxonada hayotdan koʻz yumgan edi. Nokas oʻgʻil yolgʻizim deb yeru-koʻkka ishonmay, avaylab voyaga yetkazgan onasining oʻsha zahri qotilni deb oʻlimiga sababchi boʻldi. Bundan ham dahshatlisi onasi mehri ogʻushida tashvishsiz ulgʻaygan oʻgʻil ganggib qolib, uch kundan soʻng onasi qabri yonidagi daraxtga oʻzini osib qoʻydi. Ehtimol, bunda badiiy toʻqima ham bordir? Biroq, aziz zamondoshim, siz-u biz giyohvandlik tufayli sodir boʻlayotgan bundan-da ogʻir va ayanchli voqealarini eshitib, koʻrib yuribmiz.

Dunyo mamlakatlari tibbiyoti deyarli barcha xastaliklarga, hatto chorasiz, deya taʼriflanib kelgan saraton kasalligiga ham (agar boshlangʻich davrida boʻlsa) chora topishayotgan bugungi tezkor zamonamizda afsuski tobora kengayib va yasharib borayotgan giyohvandlik oldida ilojsiz qolmoqda. Chunki bu yoʻlni har kim ixtiyoriy tanlaydi, undan qutulish ham ogʻir va har kimning oʻziga bogʻliq.

26-iyun sanasi butun dunyoda giyohvandlikka qarshi kurash kuni deb belgilangan va shu maqsadda koʻplab tadbirlar amalga oshiriladi. Umuman bu zararli illatga qarshi kurash  yil mobaynida ham susaytirilmaydi. Mamlakatimizda, shu jumladan tumanimizda ham kishini tubanlikka eltuvchi yoʻl – giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni bu ogʻu girdobiga tushib qolishdan ogoh etuvchi koʻplab tadbirlar, davra suhbatlari amalga oshirilmoqda. Koʻpgina yoshlar anjumanlari, sport musobaqalari "Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida oʻtkazilmoqda.

"Salomatlik markazi” tomonidan shu yilning oʻtgan davri mobaynida giyohvandlikning zararli oqibati haqida, bu mashʼum girdob domiga tushib qolishdan ogoh etish maqsadida tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi va "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda tumanimizda 168 ta turli tadbirlar oʻtkazildi. Shuning 88 tasi mahallalarda, 38 tasi litsey va kollejlarda, 42 tasi umumtaʼlim maktablarida oʻtkazildi.

Giyohvand modda qabul qilish insonni insonligidan marhum qiladi. U oilasida ham, jamiyatimizda ham oʻz fuqarolik burchini ado etish u yoqda tursin, hatto his qila olmaydi ham. Ham aqlan,  ham jismonan zaiflashadi. Shuning uchun  giyohvandlik tarqalishining oldini olish maqsadida BMT huzurida giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish xalqaro hayʼati tashkil etilgan va yagona harakat dasturi ishlab chiqilib, shu asosda kurash olib borilmoqda.

Ha, chegara, hudud tanlamaydigan bu vaboning tarqalish xavfi butun dunyoni tashvishga solayotir. Unga qarshi kurash choralari esa oʻz qoʻlimizda ekanligini aslo unutmasligimiz lozim. Bilimli maʼnaviyatli, irodali va sogʻlom boʻlib, ulgʻaygan farzandlarimiz birovning qutqusiga uchmaydi, nopok yoʻllarga kirmaydi. Ularga bu hayotda kimki ne muddaosiga erishgan boʻlsa, buning tub asosi – sogʻlom turmush tarzi, pok niyatlar ekanligini har daqiqada uqtirib turishimiz lozim.

Oygul RAJABOVA.  

(Foto - http://insonvaqonun.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026