Fan va taʼlim
👁 2,601
Özimizning ilk uyali telefon va planşetlarimiz tayyor böldi
OliveTelecom Özbekiston-Hindiston qöşma korxonasi mobil telefon va planşetlarning ilk partiyasini çiqardi.
«Pravda vostoka» gazetasining
xabarlariga köra, "Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida joylaşgan
korxona CDMA standartidagi telefon va planşetlarni işlab çiqarişni
özlaştirgan.
Bugungi kunga kelib korxonaning yiğuv
tsexida buyurtmaçilarga ilk statsionar telefon, planşet hamda 13 mingta
uyali telefonlar jönatişga tayyorlab qöyilgan.
Korxona yiğuv tsexi boşliği Erkin
Abdurahmonovning aytişiça, korxona "Özbektelekom” aktsiyadorlik
kompaniyasining buyurtmalariga asosan işlaydi. Mahsulotning uşbu partiyasi
mahalliy uyali aloqa operatori bölmiş UzMobile uçun möljallangan.
Bugungi
kunga kelib mingta statsionar telefon va huddi şunça Android
platformasida işlaydigan planşetlar işlab çiqarilgan va ular Toşkent
axborot texnologiyalari instituti ixtiyoriga topşiriladi.
Aytiş
joizki, mahsulotlarning sifati yevropa standarti darajasidan qolişmaydi.
Narxi ham ança arzon, uni hatto talabalar ham bemalol harid qilişlari
mumkin.
Manba: http://www.darakchi.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶