IMKONIYaTI ÇEKLANGANLAR UÇUN DAROMAD MANBAI
Muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev taşabbuslari bilan mazkur yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya atalib, joylarda xalq qabulxonalarining taşkil etilişi, ularda fuqarolarimizning murojaatlari qabul qilinib, barça xohiş-istaklarining hisobga olinişi demokratik islohotlarning çuqur ildiz otişiga hamda xalq manfaatlarining töla taʼminlanişiga xizmat qilmoqda.
Bundan taşqari, mamlakatimizda sayyor qabullarning ham amalga oşirilayotgani xalqimiz uçun imkoniyatlar eşiklarini oçib berayapti. Çunki bunday sayyor qabullarda iştirok etayotgan rahbarlar va mutasaddilar fuqarolar bilan uçraşib, oçiqdan-oçiq muloqotlarni amalga oşirmoqdalar.
Yaqinda tumanimizda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi T.Xudoybergenov iştirokida ötkazilgan sayyor qabulda köplab fuqarolarimiz iştirok etdilar.
Uşbu sayyor qabulda tumanimizdagi A.Navoiy nomli va "Bosuv” mahallalarida istiqomat qilayotgan nogiron fuqarolar – Darmonjon Ibodullayeva va Yulduz Karimovalar ham iştirok etişib, Prezidentimizning Davlat maslahatçisi T.Xudoybergenovga öz muammolari haqida murojaat qilişgan edi.

Şundan söng bu nogiron qizlarga yordam körsatilib, ular tikuv maşinalari bilan taʼminlandilar va "Özpaxtasanoat” aktsiyadorlik jamiyatining Paxtasanoat hududiy filialiga qaraşli paxta tozalaş zavodi bilan şartnoma tuzişib, kasanaçilik asosida iş boşladilar.
Ayni kunda şartnoma asosida işlayotgan bu qizlar buyurtma asosida paxta terişga möljallangan etaklarni tayyorlaşni yölga qöydilar.
A.JUMANIYoZOV, «Taraqqiyot közgusi» gazetasi maxsus muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶