VAKILLAR YIGʻILIShIDA HOKIM OʻRINBOSARI HISOBOT BERDI
Maʼlumki, yangi tahrirdagi «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 11-moddasida shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinlari vakolatida boʻlgan, har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish tartibi yanada mustahkamlandi.
Mana shu tartib-tamoyilga asosan shu yilning 7-iyul kuni Mangʻit shahridagi Navoiy nomli va "Chordara”, 8-iyul kuni "Boyovul” va "Durunki”, 10-iyul kuni "Doʻstlik” va "Yangiobod”, 11-iyul kuni "Olmazor” va "Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻinlarida vakillar yigʻilishi oʻtkazilib, ularda tuman hokimi oʻrinbosarlarining hisobotlari tinglandi.
Hisobotlarda taʼkidlanganidek, 2017-yilda tumanimizda barcha manbalar hisobidan jami 80 mlrd. soʻmga yaqin hajmda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Investitsiya dasturiga asosan tumanda jami 10 ta maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari obʼektlarini, yaʼni Boʻz yop ovulidagi 77-sonli, Qangli ovulidagi 79-sonli, Qilichboy ovulidagi 82-sonli, Namuna mahallasidagi 78-sonli, Yuqori qishloq mahallasidagi 81-sonli maktablar binolarini, shuningdek, Chordara mahallasidagi 3-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi binosini rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, Amir Temur nomli ovuldagi 25-sonli, Doʻrman ovulidagi 20-sonli, Bosuv mahallasidagi 26-sonli maktab binolarini hamda Xolimbeg ovulidagi 29-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi binosini kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Yuqoridagi obʼektlarning barchasi mamlakatimiz mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida, yaʼni, 20-avgustga qadar foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, Mangʻit shahrida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi va tuman davlat Notarial idorasi binolari qurilishi jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Hisobotda shuningdek, Mangʻit shahridagi mahallalarni tabiiy gaz bilan taʼminlash, hududdagi ijtimoiy soha obʼektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, isteʼmolchilarga elektr energiyasi va ichimlik suvi yetkazib berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham maʼlumotlar berdilar.
Yigʻilishda fuqarolarning vakillari tuman hokimi oʻrinbosarlariga savollar bilan murojaat qilishib, tegishli javoblarni oldilar.
Kun tartibidagi masala boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.
(Foto - http://muloqot.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶