15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 16:06
Jamiyat 👁 4,449

JANNATMAKON YuRTDA MEHNAT QILISh HAM BAXT

JANNATMAKON YuRTDA MEHNAT QILISh HAM BAXT

(Bizning suhbat)

Ayol zoti oʻz nomi bilan nozik xilqat, gʻamxoʻrlikka, mehr-eʼtiborga tashna va shu barobarida ahli oilasiga, atrofidagilarga fidoyi qilib yaratilgan. Ayol nafaqat oʻz xonadonini qalb qoʻri ila  obod etguvchi, balki, jamiyat ravnaqiga ham taʼsir etuvchi mislsiz qudratga egadir.

Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimov "Bir ayol oʻz xonadonining tinch-totuvligini taʼminlab, farzandlarini oqil va kuchli qilib voyaga yetkazsa, bu – uning mustaqilligimizni mustahkamlashga, Vatanimiz taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi boʻladi”, degan edilar. Yurtimizning ayollari bekalik, onalik masʼuliyatini ado etish bilan bir qatorda turli jabhalarda namuna  boʻlib mehnat qilishayotgani ham ayni haqiqat.

Chor-atrofimizda oʻz hayot yoʻli, mehnat faoliyati bilan bugungiday dorilomon kunlarga yetishimizga munosib hissa qoʻshgan ayollar juda koʻp.

Mustaqilligimizning 26 yilligini munosib kutib olish va nishonlash uchun qizgʻin hozirlik koʻrilayotgan kunlarda ularning ayrimlari bilan uchrashib, totalitar tuzum  bilan bugunimizning farqi, bugungiday farovon kunlarning qadr-qimmati, ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida suhbatlashdik.

Oʻgʻiljon Yoqubova, Mangʻit shahri, Yangiobod mahallasi:

– Men yetmish yosh ostonasidaman. 27 yoshimdan maktab direktori, qishloq kengashi raisi, ijroqoʻm raisi oʻrinbosari, hokim muovini, siyosiy partiya tuman Kengashi raisi kabi masʼuliyatli lavozimlarda ishladim.

Odamlarning ogʻirini yengil qilishga harakat qilib, odamlarga qayishib ishlash totalitar tuzum davrida juda qiyin edi. Maʼmuriy buyruqbozlik avj olgan soʻnggi yillar ayniqsa, ogʻir kechdi. Yuqoridan kelgan topshiriq, u bizning turmush tarzimizga toʻgʻri keladimi, yoʻqmi, baribir bajarish talab etilardi.

Shularni oʻylasam, bugungiday, davlatimiz rahbaridan tortib, quyi boʻgʻin rahbarlarigacha oddiy xalq bilan uchrashib, xonadonlarida boʻlib, turmushini oʻrganib, hayotini yanada farovon qilishga harakat qilinayotgani, har bir fuqaroga davlat organlariga murojaat qilib, muammolarini aytishiga imkon berilayotganidan koʻnglim togʻday yuksalib ketadi. Axir xalqning dardiga, muammolariga quloq solib, amaliy yordamlar berilayotganiga hammamiz, har kuni guvoh boʻlayapmiz.

Mamlakatimiz hayotida yangi sahifa ochib, xalqimizning tilini, dinini, milliy qadriyatlarini qayta tiklagan mustaqillik yillaridagi faoliyatim uchun 1992-yilda "Mustaqillikning bir yilligi” koʻkrak nishoni bilan, 2000-yilda "Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandim.

Mana, keksalikka qadam tashlagan boʻlsam ham, hech eʼtiborsiz qolayotganim yoʻq. "Yangiobod” mahalla faoli sifatida hamon safdaman. Ayni kunlarda mustaqilligimizning xalqimiz hayotidagi ahamiyatini yoshlarga, keng  jamoatchilikka yetkazish maqsadida targʻibot tadbirlarda qatnashib, kechagi va bugungi kunimizning farqi haqida, yurtimizda har bir fuqaroning baxtli-saodatli hayot kechirishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirmoqdaman, bugungiday hur davrni qadrlashga chaqirmoqdaman.

Hayitgul Yoʻldosheva, xalq taʼlimi faxriysi, Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi:

– Har narsaning farqi taqqoslashda bilinadi.

Oʻqituvchi boʻlib ish boshlagan kezlarim bizning kasbimizga juda past nazar bilan qaralar, oylik maosh ham juda kam edi. Shu boisdan ham mustaqillikning ilk yillarida, undan oldin ham boshqa sohalarga ishga oʻtib ketganlar koʻp boʻldi. Men, maqtanish boʻlmasin-u, oliygohni bitkazib kelganimdan soʻng 30-sonli maktabga ishga  kirgan boʻlsam, shu buyruq bilan  pensiyaga chiqdim.

Mustaqillik yilllarida xalqimiz oʻz-oʻzini tanidi, insoniy qadri  yuksaldi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimov oʻqituvchilik kasbini  yuksaklarga koʻtardi, kelajak avlod tarbiyachisi sifatidagi mavqeini, masʼuliyatini oshirdi. 1-oktyabrni ularning kasb bayrami sifatida umumxalq bayrami, deb eʼlon qildi. Oʻsha vaqtlardagi kasbdoshlarimning qanchalar quvonganini sizlarga tasvirlab berolmayman.

Butun umrimga yorugʻlik, maʼno baxsh etgan bir voqeani aytay. Bu 1998-yilda boʻlgan. Oʻshanda men "Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi” degan yuksak sharafga loyiq koʻrilgan, Toshkentga, mustaqilligimizning 7 yilligi munosabati bilan orden, medallar bilan mukofotlanganlarni taqdirlash marosimiga chaqirilgan edim.

Marosim oʻtkaziladigan saroyga kirib borarkanman, yuragim qattiq hayajonlanganimdan toʻxtab qolayotganday boʻldi.

Xudo rahmatiga olgan boʻlsin, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tantanali marosimni ochiq deb eʼlon qildilar va barchani bayram bilan qutlab, mukofot topshira boshladilar. Eng avvalo bir fermerning ism, familiyasini aytib chaqirdilar. Xuddi  hozirgiday koʻz oʻngimda: gavdali, doʻppi kiygan fermerning mukofotini topshirayotib, yigʻilganlarga:

 – Hammamizni yedirib-ichiradigan,  rizqimizni yaratadigan dehqon. Shuning  uchun mukofot topshirishni shu kishidan  boshlasam, qarshi boʻlmaysizlar, deb  oʻylayman, – dedilar. Hamma u kishining  gapini maʼqullab, qarsak chaldi. Keyin yana zalga murojaat qildilar:

– Bilasizlarmi, biz kim boʻlmaylik, hammamiz ham ustozlar qoʻlidan saboq olganmiz. Ularning taʼlim-tarbiyasi bilan hayotda oʻz oʻrnimizni topamiz. Demak, kelajagimiz ham oʻqituvchilar qoʻlida, – dedilarda mening ism-familiyamni oʻqidilar.

Mustaqillik yillarida nafaqat oʻqituvchilarning, balki, barcha mehnatkashlarning ham mehnati qadrlanmoqda, unumli ishlashlariga sharoit yaratilmoqda, umuman, hayotimiz tubdan oʻzgardi.

Shuning uchun ham butun yurtdoshlarimiz mustaqilligimizning 26 yilligini munosib kutib olishga hozirlik koʻrayapti.

Roziya Durdiyeva, mehnat faxriysi, «Toʻlqin» ovuli:

– Men kolxozchi, turmush oʻrtogʻim oʻqituvchi boʻlib ishlab, 9 nafar farzandni el qatoriga qoʻshdik. Shularning 5 nafari oʻqituvchi, qolganlari ham turli kasb-hunar egalari.

Men ishlagan vaqtlarimda ayollar hatto tugʻruq taʼtilida ham ipak qurti boqib, dalada ishlashga majbur edi, taʼtili tugagach, bolani tashlab, kun boʻyi ishlardi. Eh... u paytlarda paxta degan ekin onadan ham, boladan ham aziz edi.

Hozir ayollarga, bolalarning sogʻlom boʻlib oʻsishi uchun yaratilayotgan sharoitlarning hech bahosi yoʻq. Qadrini soʻz bilan ifodalash qiyin.

Hozir mana, nevara-chevaralar qurshovida oʻtirib, shunday kunlarni eʼzozlang, avaylang, deya uqtiraman barchasiga.

Muhtaram Yurtboshimiz ayniqsa keksalarni eʼzozlashga eʼtibor qaratayotganidan yoshi ulugʻlarning quvonchi cheksiz. Salomatligini tik-lashi, dam olishi uchun yoʻllanmalar berilishi, yoʻl haqining ellik foiz toʻlanishi, pensiyalarning naqd pulda berilishi, har bir hududlarda, mahal-lalarda keksalar uchun madaniy dam olishi uchun mas-kanlar bunyod etilayotgani... bularning sanogʻi koʻp.

Bunday eʼtibor keksalikni ham maroqli bir davrga aylantirayapti, desam mubolagʻa boʻlmas.

Shunday yurt fuqarosi boʻlish ham ulkan baxt.

Nasiba Eshchanova, madaniyat xodimi:

 – Yaqinda internet saytlaridan birida Janubiy Koreyada nochor ahvoldagi keksalarning  kun koʻrishi tobora qiyinlashib borayotgani uchun atay jinoyatlar sodir etib, qamoqqa tushishga harakat qilishayotgani haqida oʻqib, qalbim larzaga keldi. Mamlakatda qamoqxonalarda saqlanayotgan jami mahbuslarning  10 foizdan ziyodini  60 yoshdan oshgan kishilar tashkil etarkan. Qamoqxonada ular boshpana va yegulik bilan taʼminlanadi-da. Naqadar ayanchli-a?

Shularni oʻylarkanman, keksalarni  oilasi-yu butun davlatimiz ardogʻida tutayotgan yurtimiz uchun har qancha mehnat qilsak arziydi, degan oʻyga bordim.

Ayni kunlarda butun jamoamiz bilan mustaqilligimizning 26 yilligini munosib nishonlash uchun tumanimiz xalqiga istiqlolning ahamiyatini, qadrini ifoda eta oladigan teatrlashtirilgan bayram tomoshasi tayyorlayapmiz.

Tomoshamizdan mustaqilligimizni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar, xalq ogʻzaki ijodi namunalari munosib oʻrin olgan.

Bizning yurtimiz chindan-da jannatmakon yurt. Ilohim, koʻz tegmasin. Biz sanʼatkorlar doimo eldoshlarimiz xizmatida boʻlaylik!

Suhbatdosh Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019