“Yoz – 2017” sport musobaqalari: MAHORATLI OʻQUVChILAR GʻOLIB BOʻLIShDI
Ayni kunlarda oʻquvchi-yoshlarning yozgi taʼtilini mazmunli va maqsadli oʻtkazishlariga koʻmaklashish maqsadida xalq taʼlimi tizimidagi barcha maktablar oʻquvchilari orasida "Yoz – 2017” sport oʻyinlari oʻtkazilmoqda.
29-iyul kuni "Mangʻit” bolalar sport kompleksida mazkur oʻyinning yengil atletika boʻyicha tuman bosqichi musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Unda 1-4- va 5-6-, 7-8-sinflar oʻquvchilari oʻrtasidagi hududiy bosqich musobaqalari gʻoliblari oʻzaro kuch sinashdilar.
Oʻquvchilarning yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash borasidagi mahorati sinovdan oʻtkazilgan ushbu musobaqa qizgʻin kurashlarga boy boʻldi. Gʻoliblar medal va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.
Musobaqa natijalariga koʻra, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni 35-sonli maktab, ikkinchi oʻrinni 52-sonli maktab, uchinchi oʻrinni 71-sonli maktab oʻquvchilari egallashdi.
Zarifboy EShNIYoZOV,
musobaqa bosh hakami, 52-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi.
(Foto - http://old.wcu.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶