HAShAR TUFAYLI ChOR-ATROF OBOD BOʻLDI
Har yilgi anʼanaga koʻra, shu yilning 19-20-avgust kunlarida mustaqilligimizning 26 yilligini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida butun yurtimizda chor-atrofni obodonlashtirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga beminnat muruvvat yordamlari koʻrsatish maqsadida xayriya hashari oʻtkazildi.
Ikki kun davom etgan hashar davomida tumanimiz miqyosida ham koʻplab xayrli ishlar amalga oshirildi. Milliy qadriyatlarimiz darajasiga koʻtarilgan tadbirda tumanimiz boʻyicha 158 800 nafar yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdilar. Ularning saʼy-harakatlari bilan ikki kun davomida 201 gektar hudud obodonlashtirildi, 205 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi, 169 km. ariq va lotoklar tozalandi, 90 ta qabristonlar obodonlashtirildi. Mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, ohaklandi.
Shuningdek, 2278 metr kvadrat hajmdagi uy-joylar taʼmirlandi, 166 ta oilaga moddiy yordamlar berildi.
Amalga oshirilgan bu chora-tadbirlar tufayli chor-atrof yanada goʻzallashdi, obodonlashdi va tozalanib, yurtdoshlarimizning eng ulugʻ, eng aziz bayramni nishonlashlari uchun munosib sharoitlar yaratildi.
(Oʻz muxbirimizdan).
Suratda: umumxalq xayriya hasharidan lavhalar.
M.ShOMURODOV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶