AHOLI SOGʻLIGI NAZORAT QILINMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13 apreldagi "Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom avlodni shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1096-sonli hamda "2009-2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1144-sonli qarorlari asosida tugʻish yoshidagi ayollar, oʻsmir qizlar va bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, aniqlangan kasalliklar yuzasidan sogʻlomlashtirish ishlari muntazam olib borilmoqda.
Ushbu Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish borasida xotin-qizlar qoʻmitalari, tibbiyot muassasalari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari oʻzaro hamkorlikda targʻibot va tashviqot ishlarini olib borishni tizimli ravishda tashkil etishmoqda.
Yaqinda bizning "Oybek” mahalla fuqarolar yigʻinida aholi orasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlash masalalari boʻyicha tushuntirish va targʻibot ishlarini amaliy olib borish maqsadida tibbiy koʻrik tashkil etildi.
Bunda mahallaga biriktirilgan terapevt shifokorlar G.Toʻrayeva, Z.Oʻrozmetova, bolalar shifokori O.Shukurova, ginekolog shifokorlar U.Jumaniyozova, B.Yangiboyeva, laborant-hamshiralar va ultratovush yordamida tashhis qoʻyish apparati mutaxassisi O.Ollayorovlar kelib, aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar. Koʻrikdan oʻtkazilgan aholi orasida kamqonlik, buyrak shamollashi, asab va boʻqoq, oshqozon-ichak kasalliklariga chalingan bemorlar aniqlanib, davolanishga yoʻllanma berildi va tushuntirish-targʻibot ishlari olib borildi. Aholini tibbiy koʻrikka jalb qilishda mahallada yashovchi hamshiralar, shifokorlar hamda oʻqituvchilar jamoatchilik asosida ish olib bordilar. Mahallamiz aholisi mahalla jamoatchilik nazorati ishchi guruhi tomonidan tashkil etilgan tibbiy koʻrikdan juda minnatdor boʻldilar.
M.RAHIMOVA.
Oybek nomli mahalla fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶