PORAXOʻRLIK – ZARARLI ILLAT
Korruptsiya va poraxoʻrlik jamiyatni tag-tomiridan kemiradigan, hokimiyat va boshqaruv tizimini izdan chiqaradigan illat hisoblanadi. Mamlakatimizda bunday jinoyatlarga qarshi kurashish borasidagi ishlar izchilik bilan davom ettirilmoqda.
Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003-yil 31-oktyabr kungi "Korruptsiyaga qarshi konventsiya”siga qoʻshilgan boʻlib, shu asosda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Qonunchiligimizda pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jumladan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasiga koʻra, pora olish, yaʼni mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf koʻrishi – eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat Kodeksi 211-moddasining 4-qismida shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka mobaynida oʻz ixtiyori bilan maʼlum qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi nazarda tutilgan.
Qonun buzilishidan manfaatdor boʻlish, shu maqsadda pora olish, berish yoki vositachilik qilish eng ogʻir jinoyatdir. Bunday jinoyatning sodir etilishiga yoʻl qoʻymaylik.
Alisher QURBONOV,
Nukus harbiy prokurori yordamchisi, adliya mayori.
(Foto - http://kommersant.uz))

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶