15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 16:07
Jamiyat 👁 7,301

25-oktyabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni

Televideniye orqali, internet saytlarida ona sayyoramizning turli hududlarida  sodir boʻlayotgan ommaviy tartibsizliklar, qirgʻinbarot urushlar, buning natijasida oddiy xalqning chekayotgan jabru sitamlari haqidagi lavhalarni koʻrganimizda har gal koʻnglimiz bir qalqib tushadi, atrofimizda begʻam, betashvish yurgan farzandlarimizni koʻrib, yuragimiz taskin topadi va  iloho, tinchligimiz adabiy boʻlgay, deya tilak tilaymiz.

Tinchlik, osoyishtalik! Chindan-da bu ulugʻ neʼmatlar, erishayotgan jamiki yutuqlarimiz, hayotimiz farovonligi asosi ekanligini doim ham his qilamiz, uning barqaror boʻlmogʻi uchun oʻz huzur-halovatidan kechib, xizmat burchini sidqidildan ado etayotgan insonlarning mehnatini doim ham eʼtirof etamiz. Ularning safida ichki ishlar idoralari xodimlari ham bor.

Ha, xalqimizning tinch va farovon hayot kechirishini taʼminlashda, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda, jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmatlari alohidadir.

Mustaqillik yillarida barcha sohalarda boʻlgani kabi ichki ishlar idoralarida ham chuqur islohotlar olib borildi. Natijada oʻtgan davr mobaynida jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida koʻpgina yutuqlarga erishildi. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy sohalarini huquqiy jihatdan tartibga solishga yoʻnaltirilgan "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”, "Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda.

Erishilayotgan natijalar samarasi sifatida mamlakatimiz xalqaro ekspertlar tomonidan dunyodagi eng tinch-osoyishta mamlakat, qonun ustuvorligi taʼminlangan mamlakat sifatida oldingi oʻrinlarda eʼtirof etilmoqda.

Ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, ularning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini qonun darajasida belgilash, ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida 2016-yilning sentyabr oyida "Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida” Qonun qabul qilindi.

Tuman ichki ishlar boʻlimida ham qonun ijrosini taʼminlash borasida olib borayotgan saʼy-harakatlarda muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning "Odamlar ichki ishlar organining har bir xodimida oʻz himoyachisini koʻrishi kerak”, degan soʻzlarining amaliy ijrosini  taʼminlashga sidqidildan harakat qilmoqdalar. Yangi qonunga koʻra, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari tayinlandi. Ichki ishlar boʻlimi xodimlarining aholi va oʻzini oʻzi boshqarish idoralari bilan hamkorligi mustahkamlandi. Boʻlim zamonaviy uslubda taʼmirlangan, barcha talablarga javob beradigan, jismoniy  chiniqish va oʻquv mashgʻulotlari olib borish imkoniyatiga ega binoga koʻchib oʻtganligi ish sifatini tubdan yaxshilash imkonini berdi.

Ayni kunda boʻlim shaxsiy tarkibida 156 nafar xodimlar tumanimiz aholisining tinch-osoyishtaligini ishonchli himoya qilishmoqda. Jinoyatchilikning oldini olish maqsadida "Tungi xizmat” tashkil etilgan boʻlib, unga IIB xodimlaridan tashqari jamoat tashkilotlari vakillari ham jalb qilinmoqda.


Haftaning har payshanba kuni "Profilaktika kuni” samarali tashkil etilmoqda. Natijada 2017 yilning birinchi yarim yilligida umumiy jinoyatchilik oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 taga kamaygan. Oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar tengligi saqlangan.

Shuningdek, ayollar tomonidan jinoyatlar sodir etish 20 tadan 7 taga, mast holda jinoyat sodir etish 3 tadan 2 taga, guruhlar tarkibida sodir etilgan jinoyat 9 tadan 8 taga, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat 4 tadan 2 taga kamayishiga erishildi.

Oldinlari ichki ishlar boʻlimi xodimlari faoliyati asosan sodir boʻlgan jinoyatlarning oqibatlariga qarshi kurashishdan, jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlashdan iborat boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda bu vazifalar qatoriga bu jinoyatlarni va qonunbuzilish holatlarini chuqur tahlil qilib borish, aniqlash va shu asosda ularning sodir boʻlishiga imkon berayotgan holatlarni bartaraf etish kabi muhim choralarni koʻrish ham yuklandi. Bu oʻz navbatida jinoyatchilikning kamayishiga zamin yaratadi, albatta.

Xalqimizning tinch-osoyishtaligini taʼminlashda profilaktika inspektorlarining fidoyiligi, oʻz xizmat vazifasiga vijdonan yondoshishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining  profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2906-sonli Qarori aynan bu boradagi ahvolni yanada yaxshilashni, shu maqsadda profilaktika inspektorlarini oʻzlari xizmat qilayotgan hududdan xizmat uy-joylari bilan taʼminlashni nazarda tutgan.

Mustaqilligimizning 26 yilligi  arafasida Qarorga muvofiq tuman ichki ishlar boʻlimida xizmat qilayotgan 28 nafar profilaktika inspektorlariga uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish haqidagi tuman hokimining qarori qabul qilindi, 5 nafariga esa boʻsh turgan imoratlar mukammal taʼmirlanib, foydalanish uchun topshirildi. Barcha profilaktika inspektorlari imtiyozli kredit asosida xizmat avtomashinasi bilan taʼminlanmoqda.

Profilaktika inspektorlari zimmalariga qoʻyilayotgan ulugʻvor vazifalarga monand mehnat qilayotgan xodimlar shaxsiy tashabbusi bilan olib borgan saʼy-harakatlar natijasida joriy yilning birinchi yarmida 32 ta oilaga turli darajada moddiy koʻmaklar koʻrsatilgan, 31 nafar fuqaro doimiy ish bilan taʼminlangan, 16 nafar fuqaro kam taʼminlanganlar roʻyxatidan chiqarilgan, shuningdek, ular jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan qator tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda.

IIB  Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi xodimlari 2011-yil 5-yanvar kungi "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi mamlakatimiz Birinchi Prezidentining 4262-sonli Farmoniga koʻra, fuqarolarga yangi biometrik pasport berish maqsadida faol faoliyat olib bormoqdalar.

Joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida 93583 nafar fuqarolarning maʼlumotlari qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan yozilgan 93329 nafar fuqarolarning yangi biometrik pasportlari rasmiylashtirib berildi.

Shuningdek, boʻlim xodimlari tomonidan 6798 nafar, profilaktika inspektorlari tomonidan 14799 nafar fuqarolarning pasport rejimiga amal qilishi nazorat qilindi va 340 nafar fuqarolarning haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yashayotgani aniqlanib, tegishli choralar koʻrildi.

Fuqarolik pasportlarini turli sabablarga koʻra yoʻqotgan 241 nafar fuqarolarning arizalari oʻz vaqtida koʻrib chiqilib, ulardan jarimalar undirildi.

Tinch-osoyishtalikni taʼminlashda, jamoat tartibini saqlashda qoʻriqlash boʻlimi alohida oʻringa ega. Boisi tuman boʻyicha qoʻriqqa olingan davlat muassasalari, tijorat banklari, mahkama obʼektlari va fuqarolar xonadonlarida, jami 79 ta obʼektlarda oʻgʻirlik va jinoyatlarning, tartibbuzilishlarining oldini olishda boʻlim xodimlari oʻz vazifasini sergaklik bilan ado etib kelmoqdalar. Natijada yilimizning oʻtgan davrida mazkur obʼektlarda noxush hodisa qayd etilmadi. Bu boʻlim xodimlariga boʻlgan ishonchning ortishiga sabab boʻlayotir. Fikrimizning isboti sifatida qoʻriqlash uchun topshirilayotgan obʼektlar sonining yil sayin koʻpayib borayotganini keltirishimiz mumkin.

Boʻlim shaxsiy tarkibining xizmat jangovor tayyorligini oshirish, post xizmat hujjatlarining sifatli yurtilishini va qoʻriqdagi obʼektlarning ishonchli qoʻriqlanishini taʼminlash, texnik mustahkamligini oshirish, qoʻriqlash sifatini oshirishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.

Boʻlim xodimlari tuman IIB tomonidan tashkillashtirilayotgan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlarda faol qatnashib, alohida iqtidorlarini namoyon etmoqda.

Mustaqillik yillarda mamlakatimizda izchil amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida aholi hayoti va sogʻligʻi, davlat mulki, jismoniy va yuridik shaxslar mulkining ishonchli himoyasini taʼminlaydigan yaxlit yongʻin xavfsizligi tizimi yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-may kuni qabul qilgan "Ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bu boradagi saʼy-harakatlarni yangi sifat bosqichiga koʻtardi. Qarorga muvofiq, yongʻin xavfsizligini barcha darajada taʼminlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari, korxona, tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli obʼektlar va hududlarda yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish boʻyicha shaxsiy javobgarlik belgilanib, haftaning har chorshanba kuni "Yongʻin profilaktikasi kuni” deb belgilandi.

Qarorda belgilangan keng miqyosli vazifalarni ogʻishmay amalga oshirib kelayotgan tuman ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi xodimlarining ham faoliyati samarali boʻlayotir.

Ularning tilsiz yov – yongʻin sodir boʻlishining oldini olishga qaratilayotgan targʻibot-tashviqotlari natijasida buningdek koʻngilsiz hodisalar tobora kamayishiga erishilmoqda.

Aslini olganda, tinch-osoyishta betashvish oʻtayotgan kunlarimizning qadr-qimmatini hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydi. Ana shunday buyuk baxt yurtimizda hukmron boʻlmogʻi, bizning xotirjam va farovon turmush kechirishimiz yoʻlida mehnat qilayotgan ichki ishlar idoralari xodimlari har qancha eʼzozu ehtiromlarga loyiqdir.

Mamlakatimiz boʻylab 25-oktyabr – ichki ishlar idoralari xodimlari kuni ulkan tantana  qilinishi ham bejiz emas.

25-oktyabr kuni tuman ichki ishlar boʻlimida ham mazkur sana keng nishonlandi. Bayram munosabati bilan oʻtkazilgan tantanaga soha xodimlari, faxriylari, tuman hokimligi vakillari va jamoat tashkilotlari rahbarlari tashrif buyurdilar. Tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldoshev tinchligimiz posbonlarini kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Tantanada oʻz xizmat burchini sharaf bilan ado etayotgan xodimlarga bayram sovgʻalari topshirildi. Samimiy qutlovlar, dil izhorlari kontsert dasturiga ulanib ketdi.

                                                         Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019