TADBIRKORLAR ÖQUV KURSLARIDA MALAKA OŞIRIŞMOQDA
Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasini taşkil qiliş töğrisida”gi Farmoni va "Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining faoliyatini taşkil etiş masalalari töğrisida”gi Qarori, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8 avgustdagi "Tadbirkorlar uçun öquv kurslari taşkil qiliş va ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi 602-sonli Qarori hamda Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining buyruğiga muvofiq xususiylaştirilgan obʼektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oşirayotgan tadbirkorlar röyxati şakllantirildi hamda ular uçun öquv kursi jadvali tasdiqlandi.
Öquv maşğulotlari Özbekiston Respublikasi tadbirkorlik faoliyati asoslarini öqitiş Respublika markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali xodimlari bilan birgalikda olib borilmoqda.
Maşğulotlar qizğin tarzda ötmoqda, tadbirkorlar tomonidan biznesning huquqiy jihatlari, soliq tizimidagi imtiyozlar, işçilarni işga olişda mehnat munosabatlari, eng kam mehnat haqi miqdori, boj tölov stavkalari va tartibi, imtiyozli kreditlar, tabiiy gaz, elektr energiyasi va içimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlaşdagi muammolar va şunga öxşaş juda köplab savollar berilmoqda. Bu savollarga notiqlar tomonidan töla javoblar qaytarilmoqda.
(Öz muxbirimizdan).
(Foto - https://static.norma.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶