Amudaryo tumanida iqtisodiy sud ish boshlamoqda (+Video)
Yaqinda Mangʻit iqtisodiyot kollejida tadbir oʻtkazilib, unda tumanimizda yangidan ish boshlayotgan iqtisodiy sud raisligiga nomzod Sobirov Oʻtkirjon Nizamatdinovich jamoatchilikka tanishtirildi.
Faollar yigʻilishida sudyalik lavozimiga ilk bor tavsiya etilayotgan nomzodga jamoatchilikning roziligini olish masalasi koʻrib chiqildi. Tuman faollari, tadbirkorlar va deputatlar soʻzga chiqib, endilikda sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayoni yanada demokratlashtirilib, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida sudyalik lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan nomzodni tuman va shahar jamoatchiligiga tavsiya etib, ularning fikri, roziligi olinishi oʻz navbatida boʻlgʻusi sudyaning odil sudlovni amalga oshirishdagi masʼuliyatini va javobgarligini yanada oshirishini taʼkidladilar.
Yigʻilishida jamoatchilik vakillari sudyalik lavozimiga ilk bor tavsiya etilayotgan nomzodga ishonch bildirib, kelgusi ishlarida rivoj tiladilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶