15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 17:23
Jamiyat 👁 6,072

BOLA HUQUQI USTUVORLIGI – VATAN TARAQQIYoTINI BELGILAYDI

Bola – oilada tugʻiladi, oila bagʻrida balogʻatga yetadi. Bolaning qanday oilada, qanday sharoitda tugʻilganligi uning keyingi taqdirini belgilaydi. Chunki oila bolani qurshab turgan eng qulay muhit hisoblanadi.

Har bitta bolaning huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirish, ularning tinchligi va farovonligini taʼminlash, yaxshi inson sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish fuqarolik jamiyati qurishning muhim sharti hisoblanadi.

Tuman FHDYo boʻlimi mudiri Sanobar Xolboyeva bilan suhbatimiz aynan shu xususda – mamlakatimizda bola huquqlari va manfaatlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sharoitlarini yanada yaxshilash borasida yaratilgan qonuniy asoslar mavzusida boʻldi.

– Sanobarxon, mamlakati-miz 1992-yildayoq "Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi BMT Konventsiyasiga qoʻshildi. Avvalo mazkur Konventsiyaning ahamiyati haqida toʻxtalsangiz.

– Hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, oʻzgarish va yangilanishlar asosini belgilab bergan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yosh avlod huquq va erkinliklari nafaqat toʻlaqonli kafolatlangan, balki eng asosiy qadriyat sifatida belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasining "Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi BMT Konventsiyasiga qoʻshilishi davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishlari va ustuvor vazifalarni belgilash, bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish borasidagi samarali mexanizmni ishlab chiqishga xizmat qildi.

– Ana shu samarali mexanizmlar xususida batafsilroq aytsangiz.

– Milliy Qonunchiligimizning asosi boʻlgan Konstitutsiyamizni olaylik. Bosh Qomusimizning 41-moddasi har kimning bilim olish huquqini hamda bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanishini belgilab bergan boʻlsa, 45-moddasida "Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar... huquqlari davlat himoyasidadir” deb mustahkamlab qoʻyilgan. Ushbu qomusiy hujjatning "Oila” deb nomlangan XIV  bobida esa onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza etilishi taʼkidlangan.

Yana shuni alohida qayd etish kerakki, bolalar huquqini himoya qilish, mamlakatimizda Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va "Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunidan tashqari, deyarli barcha sohalardagi qonunchiligimizning tegishli normalari bilan ham taʼminlanadi. Mamlakatimiz xalqaro hamjamiyatning teng huquqli subʼekti sifatida inson huquqlariga oid BMTning 6 ta asosiy shartnomasi va 70 dan ziyod universal va ijtimoiy xalqaro shartnomalarni tan olgani, YuNESKO va Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan qabul qilingan asosiy konventsiyalarning ham ishtirokchisi ekanligining  oʻzi Oʻzbekistonda bola huquqlari kafolati bilan bogʻliq milliy qonunchiligimiz yanada takomillashganining yorqin isbotidir.

Bu ishlarning samarasi sifatida "Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan reytingda bolalar salomatligini mustahkamlash, ularning huquqlarini himoya qilish va gʻamxoʻrlik koʻrsatish boʻyicha Oʻzbekiston yetakchi 10 ta mamlakat qatoriga kiritilgani, 161 ta davlat orasida 9-oʻrinni egallaganini mamnuniyat bilan eʼtirof etishni istardim.

– Tumanimizda bola huquqlarini va ularning manfaatlarini himoya qilish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Joriy yilning oʻtgan 10 oyida tumanimiz oilalarida 3155 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bizning vazifamiz yangi tugʻilgan bolaga oʻz vaqtida tugʻilganlik haqidagi  guvohnoma berish, arzimas sabablar bilan yosh oilalarning buzilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, bolaning oila muhitida, ota-onasi bagʻrida voyaga yetishiga koʻmaklashish.

Lekin, afsuski, baʼzan nikohdagi yoshlarning oʻzaro kelishmovchiligi, baʼzan tashqi taʼsirlar sabab, oilaviy ajrashishlar yuz beradi. FHDYo boʻlimimizda joriy yilda 84 ta oilada ajralish holati qayd etildi. Nikohni bekor qilish bilan  bogʻliq 10 ta ariza kelib tushdi. Shundan 2 ta oila yarashtirib qoʻyildi. Bir-biri bilan kelisholmay, ajrashishni afzal koʻrayotgan yosh oilalarning koʻpchiligining farzandlari bor. Ota-onasining oʻrtasida  otasidan ham, onasidan ham voz kechgisi kelmayotgan goʻdakning aybi nima? Nima uchun bu goʻdaklar oilaviy baxtdan, ota-ona mehridan mosuvo ulgʻayishi kerak? Bolani ana shu oʻzi istayotgan oila, ota-ona bagʻrida yashash baxtiga qaytarishimiz, uning huquqini himoya qilishimiz shart. Bu – biz kattalarning zimmamizdagi eng oliy burchimiz. Bu burch masʼuliyatini unutishga aslo haqqimiz yoʻq. Zero, bola huquqlarining ustuvorligi – ertangi kunimizning ham iqtisodiy, ham maʼnaviy va ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini belgilaydi.

– Sermazmun suhbatingiz uchun rahmat, salomat boʻling!

Suhbatdosh Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019