YaNGI UY-JOYLAR – OBODLIK TIMSOLI
Zamonaviy qişloq infratuzilmasini yaratiş maqsadida Yurtboşimiz rahnamoligida "Qişloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi negizida işlab çiqilgan zamo-naviy meʼmorçilik talablariga javob beradigan va bizning iqlim şaroitlarimiz hisobga olingan şinam hamda qulay, namunaviy loyihadagi uy-joylarning butun mamlakatimiz miqyosida, şu jumladan, bizning tumanimiz qişloqlarida qurilayotganligi qişloqlarimiz qiyofasini tubdan özgartirib yubordi.
Mana şunday namunaviy loyihadagi 100 ta uy-joylar ilk bor Manğit şahrining şarqiy qismida joylaşgan "Taqir qalʼa” maskanida "Manğit invest maksimum” MÇJ hamda "Amudaryo maxsus quriliş” MÇJ quruvçilari tomonidan qurib bitkazilib, öz egalariga topşirildi. Ayni kunda "Toşyop" OFYning "Taqir qalʼa” mavzesida zamonaviy uy-joylardan iborat şaharça böy tiklab, barçamizga özini köz-köz qilib turibdi. Joriy 2013-yilda bu yerda yana 10 ta yangi turar joy qurilişiga hozirlik körilmoqda. Endilikda köz öngimizda "Taqir qalʼa” örnida çinakam obod qalʼa vujudga kelib, uning infratuzilma majmualari, yaʼni bitta qişloq vraçlik punkti va bitta zamonaviy maktab binosining qurib bitkazilib, foydalanişga topşirilganligi fikrimizning dalilidir. Bundan taşqari, kundalik ehtiyoj mollari va oziq-ovqat mahsulotlari dökoni, maktabgaça taʼlim muassasasi, bolalar maydonçalari va töy-maʼrakalar va marosimlar ötkaziladigan töyxona-çoyxona qurilişi möljallanmoqda.
2011 yilda namunaviy loyihadagi uy-joylardan 17 tasi "Qiliçboy” ovulining "Olmazor” mahallasida, 8 ta turar joy "Tölqin” ovulidagi "Vays ovul” maskanida bunyod etildi. Ötgan 2012-yilda esa "Örta qalʼa” ovulining "Vahum” aholi punktida 20 ta turar joy binolari qad rostladi.
Namunaviy loyihadagi uy-joylar qurilişi joriy 2013-yilda yana davom ettiriladi "Çoyköl” ovulining "Bözsuv” punktida 42 ta, "Örta qalʼa” ovulining "Vahum” mahallasida yana 18 ta yangi turar joylar qad rostlaşi rejalaştirilmoqda. Bunga yana hozirgi "Taqir qalʼa” şaharçasida quriladigan 10 ta yangi turar joyni ham qöşsak, joriy 2013-yilda 70 ta uy-joy qurilişi rejalaştirilmoqda. Bu 10 milliard sömlikka yaqin quriliş-montaj işlarini amalga oşiriş imkonini beradi. Bu kölamdor işlarni "Amudaryo quriliş”, "Amudaryo quriliş xizmat”, "Amudaryo maxsus quriliş”, "Amudaryo suv qurilişi boşqarmasi”, "Oqtov” MÇJlari quruvçi-bunyodkorlari amalga oşiradilar.
Yangi-yangi uy-joylar, maktab, şifo maskanlari va boşqa imoratlar, inşootlar, yurtimiz körkiga-körk, husniga-husn qöşib, tumanimizda ham yuksaliş va obodlik sari dadil qadam taşlanayotganidan darak berib turibdi. Qayerdaki quriliş bor ekan, u yerda yangilaniş va rivojlaniş bölişi sözsizdir.
Qobul ŞOMURODOV.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶