Bayram muborak!
Oʻzbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga
Bilmasman, dunyoning u chetin, balki,
Bilolmasman ming bir sinoatini.
Lekin Vatan haqda aytmam shunchaki,
Shunchaki aytmasman Baxtning otini!
U mening qonimga qorishgan tuproq,
Tashna koʻngilimda mehri-obimdir.
Jism-u jonim aro abadiy uygʻoq,
Erk yoʻliga chiqqan hur xitobimdir!
Udir, evrilishlar silsilasida,
Xalqni ezgu yoʻlga eltgan missiya –
Mustaqil Vatanning yangi nasliga,
Abadiy baxt bergan Konstitutsiya!
Qarang, Vatanimda inson mukarram,
Unga nasib etmish oliy tuhfalar:
Har elat va millat aziz, muhtaram,
Baxtlariga kafil oltin sahfalar.
Ilm-u irfon yoʻli daxlsiz mangu,
Boqiy qadriyatlar Vatanga chiroy.
Shunchalar fayzli istiqlol tongi –
Har bitta xonadon nurafshon saroy.
Oila bagʻrida avlodlar xurram,
Kelajak ufqiga intilib yashar.
Mahalla atalmish saltanatni ham,
Ayting, koʻrganmikan jumlai bashar?!
Siyosat bobida mardona, oʻktam,
Sharq ufqin yoritgan tinchlik mayogʻi.
Markaziy Osiyo aro eng koʻrkam
Vatan bu! Sarboni Temur siyoqli!
Har ezgu yumushda Qonun ustuvor,
Inson manfaati eng oliy matlab.
Til-u din shunchalar topib eʼtibor,
Dunyoni lol etmish islomiy maktab!
Bilmasman, dunyoning u chetin, balki,
Nomdor mamlakatlar koʻpdir jahonda.
Hur, ozod yashayman! Bilganim shuki –
Qonunlar ustuvor Oʻzbekistonda!
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶