Amudaryo daryosi haqida nimalarni bilasiz?
Mavzuga oid maqola: 202 yillik tarixga ega Qilich Niyozboy kanali haqida
Amudaryoning umumiy uzunligi
Amudaryo Panj va Vaxsh daryolarining qoʻshilishi natijasida hosil boʻladi va Orol dengizigacha oqib oʻtadi. Oʻrta oqimda Amudaryoga oʻng tomondan 3 ta (Kafirnigan, Surxondaryo, Sherobod) va chap tomondan bitta (Qunduz) oqim kelib qoʻshiladi. Orol dengizigacha unga boshqa oqim quyilmaydi.
Daryo asosan erigan qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi, shuning uchun yozda daryo maksimal toʻlib oqadi, yanvar-fevral oylarida esa suv sathi esa past darajada boʻladi.
Atamurat shahri (Turkmanistonda, hozirgi nomi Kerki)dan Nukusgacha boʻlgan oraliqda bugʻlanish, yerga soʻrilish va sugʻorish uchun ishlatilishi natijasida Amudaryo suvining koʻp qismini yoʻqotadi.
Suvining loyqaligi boʻyicha Amudaryo Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Amudaryo suvining asosiy qismi (80%) Tojikiston hududida, qisman esa shimoliy Afgʻonistonda shakllanadi. Keyinchalik daryo Afgʻonistonning Oʻzbekiston bilan chegarasi boʻylab, Turkmanistonni kesib oʻtadi va yana Oʻzbekistonga qaytib, Orol dengiziga qarab oqadi.
Hozirgi vaqtda daryo suvlari, sugʻorish uchun koʻproq ishlatilishi sababli Orol dengiziga yetib bormaydi. Bu Orol dengizi qurishining asosiy sabablaridan biridir.
Atamurat shahrida oʻrtacha suv sarfi taxminan soniyasiga 2000 kub metrni tashkil qiladi. Amudaryoning suvlari asosan sugʻorish uchun ishlatiladi. Eng katta kanallar: Qoraqum, Amu-Buxoro va boshqalardir.
Wikipedia materiallari asosida Gʻ.Yeshniyozov tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶