2017-yilda Amudaryoda 7 ta qishloq oilaviy poliklinikasi tashkil qilindi
Joriy yilda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, tumanimizda faoliyat yuritayotgan 19 ta QVPlarning 2 tasi saqlab qolindi, 7 tasi qishloq oilaviy poliklinikasiga aylantirildi. Maqbullashtirilgan 10 ta QVPlarning 6 tasi negizida shifokorlar uchun xizmat uylari tashkil etildi hamda aholiga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.
Barcha qishloq oilaviy poliklinikalarida terapevt, pediator, ginekolog, jarroh, ultra tovush tekshirish xonalari tashkil etilib, tor doiradagi mutaxassislarning faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Qishloq aholisiga ixtisoslashgan tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶