Iqtisodiyot
👁 1,094
Oʻzbekistonda elektr energiyasidan unumli foydalanish maqsadida yangilik joriy qilinmoqda
1-yanvardan boshlab elektr energiyasi isteʼmolchilari ishlatilgan energiya haqini turli tariflarda toʻlaydi. Bu haqda OʻzA maʼlum qilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 29-dekabrdagi qaroriga muvofiq, pishgan gʻisht, gips, tsement va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, shuningdek, muayyan xizmatlar koʻrsatuvchi (restoranlar, kafelar va boshqalar) isteʼmolchilar ulangan quvvati 750 kVA boʻlgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarni oʻsib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflarga muvofiq amalga oshiradi.
Mazkur turdagi isteʼmolchilarga elektr energiyasi uchun toʻlovlar tigʻiz paytda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar qimmat, tunggi davrda 1,5 baravar arzon boʻladi. Yarim tigʻiz vaqtdagi narxlar esa oʻzgarishsiz qoladi.
«Oʻzbekenergo» aktsiyadorlik jamiyatidan maʼlum qilishlaricha, ayni vaqtda elektr energiyasining 1 Kvt uchun amaldagi tarif 204 soʻm 30 tiyini tashkil etmoqda. Yangi tarifda esa tigʻiz vaqtda ishlatilgan energiya uchun bu koʻrsatkich 306 soʻm 45 tiyin, tungi vaqt uchun esa 136 soʻm atrofida belgilanishi kutilmoqda.
Tabaqalashtirilgan tarif sutka vaqtining quyidagi zonalari boʻyicha qoʻllaniladi:
tigʻiz vaqt – soat 6.00 dan 9.00 gacha va 17.00 dan 22.00 gacha
tungi vaqt – soat 22.00 dan 24.00 gacha va 00.00 dan 06.00 gacha
yarim tigʻiz vaqt – soat 9.00 dan 17.00 gacha

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶