2017-yilda Amudaryoda salkam 39 mlrd. sömlik 250 loyiha işga tuşirildi
Amudaryo tumanini 2017-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholining turmuş darajasini yaxşilaş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş orqali sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş, servis va xizmat körsatişni yanada yaxşilaş, oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş, qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş böyiça manzilli Davlat dasturiga kiritilgan 250 ta loyihalar işga tuşirildi. Mazkur loyihalarga qiymati 38 mlrd. 923 mln. sömlik investitsiyalar jalb qilindi. Şuning 15 mlrd. 537 mln. sömi loyiha taşabbuskorlari mablaği, 23 mlrd. 386 mln. sömi esa tijorat banklari kreditlaridir. Uşbu loyihalarning işga tuşirilişi tufayli 896 ta yangi iş örni yaratildi.
2017-yilda taşkil etilgan “Amu-Şohjahongir” MÇJ, “Manğit quriliş markazi” MÇJ, “Jayxun gold tex” MÇJ korxonalarida, şuningdek, faoliyat yuritayotgan MÇJ şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasini kengaytiriş hisobiga eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş keng yölga qöyilişi rejalaştirilgan.
2017-yilda sanoat sohasida 38 ta, xizmat körsatiş va servis sohasida 107 ta, qişloq xöjaligi sohasida 102 ta loyiha amalga oşirildi.
2018-yilda tumani böyiça mavjud korxonalarning töla quvvatlarda işlaşini taʼminlaş barobarida 136 ta yangi loyihalarni amalga oşiriş va 553 ta yangi iş örinlarini yaratiş rejalaştirilmoqda. Bu loyihalarga jami 89,417 mlrd. sömlik investitsiyalar jalb qilinadi. Şuning 47,930 mlrd. sömi tijorat banklari kreditlaridir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶