Adabiyot
👁 1,342
Umidaning ikkinchi kitobi
“Paradigma” nashriyotida “Oʻzligingdan aylanay oʻlkam” nomi bilan chop etilgan sheʼriy risola iqtidorli qalamkash, 22-sonli maktab oʻquvchisi Umida Yerdosheva qalamiga mansub. Uning birinchi sheʼrlar toʻplami 2014-yilda “Oydin orzular” nomi bilan “Turon zamin ziyo” nashryotida chop etilgan edi. Uning “Oʻzligingdan aylanay, oʻlkam” deb nomlangan ikkinchi sheʼriy toʻplami ham sheʼriyat muxlislariga manzur boʻladi, albatta.
Ona Vatan, doʻstlik, tinchlik, baxt va bahor mavzularidagi ushbu dilbar sheʼriyat kitobsevar xalqimizga maʼnaviy oziq berishi, shubhasiz.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶