12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:08
Iqtisodiyot 👁 2,102

Soliq qonunçiligiga 2018-yildan kiritilayotgan yangiliklar

Soliq qonunçiligiga 2018-yildan kiritilayotgan yangiliklar

Özbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan 29-dekabrda “Özbekiston Pespublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari töğrisida”gi 3454-sonli qarori va “Soliq va byudjet siyosatining 2018-yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Pespublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğri-sida” 454-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonun bilan 3 ta qonunlarga (“Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonun, Byudjet va Soliq kodekslari), şu jumladan Soliq kodeksining 47 ta moddasiga özgartiriş va qöşimçalar, 2 ta bölim va 1 ta bobning nomiga tahririy özgartirişlar kiritildi hamda 2 ta bölim va 1 ta bob çiqarib taşlandi. Şunga asosan:

I. 2018-yil 1-yanvardan soliq qonunçiligida quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda:

1) Foyda hamda obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş soliqlarini birlaştirib, soliq stavkasi amaldagi 15,5 foiz örniga 14 foiz qilib belgilandi hamda çegiriladigan xarajatlar tarkibi kengaytirildi. Doimiy muassasa orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar uçun sof foydadan 10 foiz miqdorida soliq bekor qilindi.

(Amalda foyda soliği stavkasi 7,5 foiz, obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş soliği stavkasi 8,0 foiz, jami 15,5 foizga töğri keladi. Norezidentlar foyda soliğidan taşqari sof foydadan soliq ham tölar edilar. Şuningdek, Soliq kodeksining 147-moddasidagi 28 turdagi soliq soliş bazasidan çegirilmaydigan xarajatlardan 10 tasini çegiriş imkoni berilmoqda).

2) Tovar aylanmadan davlat maqsadli jamğarmalariga ajratmalar birlaştirildi va umumiy stavka 3,2 foiz qilib belgilandi.

3) Jismoniy şaxslarning daromad soliği böyiça uçinçi va törtinçi şkaladagi stavkalari 0,5 foizga pasaytirilib, 16,5 va 22,5 foiz qilib belgilandi hamda fuqarolarning şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ötkaziladigan majburiy badal (INPS) summasi 1 foizdan 2 foizga oşirildi.

4) Yagona soliq tölovi böyiça 2017-yildagi soliq stavkalari saqlanib qolindi hamda tayyorlov taşkilotlari faoliyati ulgurji savdoga tenglaştirildi va soliq stavkasi tovar aylanmadan 4 foiz miqdorida belgilandi.

(Amalda tayyorlov taşkilotlari uçun yagona soliq tölovi böyiça soliq soliş obʼekti – realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotiş qiymati örtasidagi farq sifatida hisoblab çiqarilgan yalpi daromad edi).

5) Egaligida bir gektardan oşadigan yeri bor bölgan yagona soliq tölovini tölovçilar uçun barça yer maydonidan yer soliğini tölaş joriy etildi va ular uçun yagona soliq tölovini uç karra yer soliğidan kam bölmagan miqdorda tölaş tartibi bekor qilindi.

6) Yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun qatʼiy belgilangan soliq stavkalari örtaça 30 foizga pasaytirildi va tadbirkorlik subʼektlarini faoliyat körsatayotgan joyiga qarab tabaqalaştiriş kengaytirildi.

(Masalan, avval amalda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş uçun qatʼiy belgilangan soliq miqdori Toşkent şahri uçun eng kam iş haqining 10 barobari va viloyatlar markazlarida 6,5 barobari miqdorida belgilangan bölsa, 2018-yilda tegişliça 7 barobari va 5 barobari miqdorida hamda yuk taşiş xizmatlari uçun avtomobillarning yuk kötariş tonnasiga qarab, eng kam iş haqining 2-4 barobar miqdorida belgilangan bölsa tegişliça 1,5-3,5 barobar qilib belgilanmoqda, yaʼni örtaça 30 foizga kamaymoqda).

7) Aktsiz soliği stavkalari respublikada işlab çiqariladigan etil spirtiga – 25 foizga, tabiiy vinoga (etil spirti qöşilmagan) – 10 foizga, boşqa turdagi vinolar – 20 foizga, konyak – 27 foizga, aroq va boşqa alkogol mahsulotlari – 25 foizga, pivo - 20 foizga, tamaki mahsulotlari - 50 foizga indeksatsiya qilindi.

8) Suv va yerdan samarali va oqilona foydalaniş maqsadida, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari 15 foizga va yer soliği stavkasi 15 foizga indeksatsiya qilindi.

9) Soliq kodeksining 6 ta moddasiga özgartiriş kiritilib, yuridik şaxslar uçun mol-mulk soliği obʼektidan köçar mulklar çiqarildi.

Buning hisobiga tadbirkorlik subʼektlarining 236 mlrd.söm mablaği tejalişi kutilmoqda.

(Amalda mol-mulk soliği obʼektiga köçmas mulkdan taşqari, maşina va uskunalar, transport vositalari va boşqa köçar tusdan asosiy vositalar kiradi).

10) Benzin, dizel yoqilğisi va gaz işlatganlik uçun olinadigan soliq stavkalari:

benzin yoqilğisi – 1 litr uçun 232,5 söm / 1 tonnaga 308850 söm;

dizel yoqilğisi – 1 litr uçun 232,5 söm / 1 tonnaga 282500 söm;

suyultirilgan gazga – 1 litr uçun 230 söm, 1 tonnaga 436000 söm

siqilgan gazga – 1 kub metr uçun 305 söm miqdorida belgilandi.

Benzin va dizel yoqilğisi uçun soliq stavkasi 50 foizga pasaytirilgan, suyultirilgan gaz uçun 2017-yil stavkasi saqlanib qolindi va siqilgan gaz uçun soliq stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilindi.

11) Yuk taşiş korxonalariga har bir avtomaşinasi uçun yakka tartibdagi tadbirkorlar tölaydigan qatʼiy belgilangan soliqdan kam bölmagan miqdorda soliqlarni tölaş belgilandi.

Bunda yuk taşiş xizmatini körsatuvçi korxonalar tomonidan jami tölangan soliq va boşqa majburiy tölovlar summasining bitta transport vositasi birligiga töğri keladigan miqdori uşbu faoliyat bilan şuğullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tölaydigan qatʼiy belgilangan soliq summasidan kam bölmasligi lozim.

12) Alkogolli mahsulotlar va qimmatbaho metallar, qimmatbaho toşlardan yasalgan buyumlar bilan çakana savdo qiliş huquqi uçun yiğimlarning hududlar böyiça tabaqalaştirilgan stavkalari joriy etildi.

(Amalda uşbu yiğim miqdori barça hududlar uçun bir xil qilib belgilangan).

13) Soliq kodeksining 3 ta moddasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq kadastr qiymatidan hisoblanişi hamda soliqning asosiy stavkasi kadastr qiymatiga nisbatan 0,2 foiz (2017-yilda 1,7 foiz edi) miqdorida va soliq hisoblaşda kadastr qiymati 42 mln. sömdan (2017-yilda 3 mln. söm) kam bölmasligi belgilandi.

Kadastr qiymati mavjud bölmaganda soliq hisoblaş uçun Toşkent, Nukus şaharlarida va viloyat markazlarida 210,0 mln.söm (2017-yilda 20,3 mln.söm) hamda boşqa şaharlarda va qişloq joylarda 90,0 mln.söm (2017-yilda 8,8 mln.söm) mol-mulkning şartli qiymati örnatildi.

Şu bilan birga soliq yuki 2018-yilda keskin oşib ketmasligi uçun kadastr qiymatga asosan hisoblangan soliq summasi 2017-yildagi summaga nisbatan 20 foizdan köp bölmasligi belgilandi.

Bunda, Vazirlar Mahkamasiga jismoniy şaxslar mol-mulkining kadastr qiymatini aniqlaş tartibini bir oy muddatdan tasdiqlaş topşirildi.

14) Notijorat taşkilotlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirganda işçilar sonidan qatʼiy nazar yagona soliq tölovini tölaşga ruxsat berildi.

15) Uyali aloqa kompaniyalaridan abonentlik raqamlaridan foydalanganlik uçun olinadigan tölov miqdori har oyda 4000 söm qilib belgilandi.

16) Yagona ijtimoiy tölovning (mikrofirma va kiçik korxonalar, fermer xöjaliklari uçun 15 foiz va boşqalar uçun 25 foiz) hamda fuqarolarning suğurta badallari (8 foiz) amaldagi stavkalari saqlanib qolindi.

17) Yuridik şaxslar uçun yer soliği böyiça hisob-kitoblarini taqdim etiş muddati 10-yanvar qilib va tölaş muddati har oyning 10-kuniga qadar yillik summaning ön ikkidan bir qismi miqdorida amalga oşirilişi belgilandi.

(Amalda hisob-kitob 15-fevralgaça topşirilar edi va tölaş har çorakda amalga oşirilar edi).

18) Yuridik şaxslar qatʼiy belgilangan soliqni har oyda keyingi oyning 10-kunidan (amalda 25-sana edi) hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan har oyning 10-kunidan (amalda 25-kunidan edi) keçiktirmay tölaşi belgilandi.

II. 2018-yil 1-apreldan:

19) Mahalliylaştiriş dasturi böyiça soliq imtiyozlari bekor qilinadi.

20) Eksport hajmining uluşiga qarab foyda soliği, mol-mulk soliği va yagona soliq tölovi böyiça pasaytirilgan stavkalarni qöllaş tartibi bekor qilinadi.

21) Ustav jamğarmasiga yönaltirilgan dividend summasiga nisbatan soliq imtiyozi bekor qilinadi.

22) Yakka tartibdagi uy-joy qurilişi uçun berilgan yer uçastkalari böyiça – yer uçastkasi berilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran ikki yil muddatga yer soliğidan ozod etiş tarzidagi imtiyoz bekor qilinadi.

Yuqoridagilardan taşqari, Özbekiston Pespublikasining 2017-yil 30-dekabrda “Soliq maʼmuriyatçiligi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Pespublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” 455-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonun bilan 5 ta Qonunlarga (Davlat soliq xizmati töğrisida, Bankrotlik töğrisida, Elektron tijorat töğrisidagi qonunlar hamda Fuqarolik va Soliq kodekslari), şu jumladan Soliq kodeksining 15 ta moddasiga özgartiriş va qöşimçalar hamda 7 ta yangi modda kiritildi.

Xususan, Kodeks halol soliq tölovçilarga soliq solişga doir joriy masalalarni hal qilişda har tomonlama kömak beriş orqali ular va soliq organlari örtasida kengaytirilgan axborot almaşinuvini nazarda tutadigan soliq monitoringi joriy etilişini belgilab beruvçi yangi Soliq monitoringi bobi bilan töldirildi.

Soliq kodeksining 70-moddasiga kiritilayotgan özgartiriş bilan soliq tölovçi tafovut böyiça sabablarni körsata olmaganda kameral nazorat natijalari böyiça aniqlangan soliqlar va boşqa majburiy tölovlar miqdorini undiriş tartibi belgilab berilmoqda.

Soliq kodeksining 54, 55 va 354-moddalariga vaqtinçalik moliyaviy qiyinçiliklarga uçragan halol soliq tölovçilarga – xöjalik yurituvçi subʼektlarga soliq taʼtillarini beriş tartibini belgilovçi özgartişlar kiritildi.

Qonun bilan Fuqarolik kodeksining 26-moddasiga, Soliq kodeksining 62-moddasiga hamda “Bankrotlik töğrisida”gi Özbekiston Pespublikasi Qonunining 27 ta moddasiga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Ular yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yöqotgan va muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi natijasida yuzaga kelgan soliq qarzdorligiga ega bölgan fuqarolarga – jismoniy şaxslarga bankrotlikning qöllanişini nazarda tutadi.

Xöjalik yurituvçi subʼektlarni “yirik soliq tölovçilar” toifasiga kiritiş böyiça aniq mezonlarni belgilab beruvçi normalarning huquqiy asosini belgilaş uçun Soliq kodeksi yangi 222-modda bilan töldirildi hamda 45-moddasiga qöşimça kiritildi.

Qonun bilan Özbekiston Pespublikasi “Davlat soliq xizmati töğrisida”gi Qonunining 6-moddasiga va Soliq kodeksining 56-, 57-, 58-, 155-moddalariga soliq tölovçi vakolatli organlarga murojaat qilgan sanadan boşlab 15 iş kuni davomida ortiqça tölangan soliqlar va boşqa majburiy tölovlar summalarini qaytariş tartibini belgilab beradigan özgartişlar kiritidi.

Soliq kodeksi yangi 71 prim 1-modda (Xöjalik yurituvçi subʼektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan monitoring) bilan töldirildi.

Bir söz bilan aytganda, soliq qonunçiligidagi özgarişlar mamlakatimizda barqaror iqtisodiy ösiş surʼatlarini taʼminlaşga, aholi turmuş farovonligini yuksaltirişga hamda tadbirkorlik subʼektlarining iqtisodiy tomondan yanada yuksalişiga xizmat qiladi.

Ikrom XÖJAMUPADOV,

tuman DSI şöʼba boşliği.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026