28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:51
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,748

YeR – OLTIN XAZINA

YeR – OLTIN XAZINA

Bizning ota-bobolarimiz ham dehqon boʻlishgan, umr boʻyi yer bilan tillashgan, yerni ishlab ziroatchilik qilgan, barcha yemish, oziq-ovqat mahsulotlari yerdan undirilgan, butun hayotlari yer bilan bogʻlanib ketgan. Omborlari don-dunga, qovun-tarvuzga, kadi-qovoqqa, qoʻralari molga toʻlgan. Shu bois, ular uch oy qovunim, uch oy sogʻinim, uch oy qovogʻim, uch oy chavogʻim, deya oʻz turmush tarzlarini ifodalashgan.

Otaga qarab oʻgʻil oʻsar, onaga qarab qiz oʻsar, deganlaridek men ham yer ishlash va ekin ekishni rahmatlik otam Gulmon uychidan oʻrgandim. U uqtirib aytardiki, "Yerni xor tutma, xor boʻlasan”, "Yerni toʻydirsang, u seni toʻydiradi”, "Butun elni yer boqadi”, "Yering tekis boʻlsa, hosili toʻkis boʻladi”, "Erta eksang, erta oʻrasan”. Albatta bu naql va iboralar bobo dehqonlarimizning bir necha ming yillik hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan boʻlib, barcha dehqonlarimiz bunga amal qilishadi.

Garchand, asosiy kasbim yuk mashinasi haydovchisi boʻlsa-da dehqonchilikdan hech qachon qoʻl uzmadim. Otam vasiyatlariga amal qilib, tomorqa yerimizdan unumli foydalanib kelmoqdamiz. Mustaqillikka erishish arafasida muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan chiqarilgan qaror boʻyicha qishloq aholisiga qoʻshimcha ekin maydonlari ajratildi. Keyin bu yerlar xalq orasida "Prezident yeri” deb atalib ketdi. Qishloq aholisi uchun qoʻshimcha ekin maydonlarining berilishi natijasida birinchi navbatda aholi turmushining, butun qishloq hayotining yaxshilanishiga mislsiz katta yordam boʻldi. Kuzgi bugʻdoy ekishni oʻrganib, xirmonlari gʻallaga toʻldi. Dehqonlar yer bilan yanada mustahkam bogʻlanib, tomorqa yerlariga sabzavot va poliz ekinlari ekib, oziq-ovqat masalalarini oʻzlari hal qilib, talab-ehtiyojlaridan ortib qoladiganlarini bozorga chiqarib, shahar aholisining oziq-ovqat taʼminotini yaxshilashga xizmat qilmoqdalar.

Mustaqillik yillarida gʻalla mustaqilligiga erishilganligi mamlakat hayotidagi tub burilish boʻldi. Mana, oʻtgan 2012-yilda Oʻzbekiston gʻalla xirmoni 7 mln. 170 ming tonna boʻlgan boʻlsa, joriy 2013-yilda 7 mln. 610 ming tonnalik "qirmizi don” xirmonlari uyuldi. Bu albatta, rizq-u roʻzimiz moʻlligidan darak berib, toʻkin-sochinlik timsoliga aylanmoqda.

Keyingi yillarda yangi bogʻ-rogʻlar barpo qilishga eʼtibor kuchaydi. Qishloqlarimizdagi har bir xonadon hovlisida oʻziga xos kichik oilaviy mevali bogʻni koʻrib, koʻzingiz quvonadi. Bizning hovlimizda ham mevali daraxtlar oʻstirilib, dasturxonimiz turli meva-chevalar bilan toʻlib turibdi.

Ha, hamqishloqlarimiz tomorqa yerlardan unumli foydalanishga erishmoqda. Tadbirkor dehqonlarimiz kichik issiqxonalarda erta sabzavot ekinlari koʻchatlari yetishtirishmoqda.

Mustabid tuzum davrida faqat paxta deb yashagan qishloq aholisi istiqlol yillarida oʻz yeriga bek boʻldi, tomorqasini ulkan daromad manbaiga aylantirdi va rohatini ham koʻrayapti.


Bekchon GULMONOV,

mehnat faxriysi, "Toʻlqin” ovulidagi tadbirkor dehqon.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026