ÖZBEK XALQIGA TINÇLIK VA OMONLIK KERAK!
Bola edim. Onam öğil farzandlari hayotdan bevaqt köz yumganidan söng qizlar - uç opalarim va men tuğilganimga öğil bolalarga havas qilibmi, akalarimning kiyimlari uvol bölmasin, debmi köpinça öğil bolaça kiyintirardi. Bundan ruhlanib köproq öğil bolalar bilan öynardim.
Bir kuni uruş-uruş öynayotib, qölimda yoğoç pistoletim bilan qoçişga joy topolmay qolib, hovlida ötirgan enamning orqasiga yaşiringanman. Ikki "nemis” meni topolmay qaytib ketdi. Şunda men "pistolet”imni baland kötarib, "Ura! Ğalaba” deb qiçqirdim. Bolalarça bu öyinimizda deyarli mantiq bölmasa-da enam rahmatlik "Bu nimasi, hah öyinlaring qurib ketsin, böldi endi, boşqa bunday öyin öynamanglar”, dedi zorlanib.
Yillar ötib, ulğayganimda enamning uç bolani eri vafotidan söng yolğiz özi voyaga yetkazib, ayni 22 yoşida örtançasi, yaʼni otamni ikkinçi jahon uruşiga yuborib, beş yilni yolğiz öğli qayğusida jon hovuçlab ötkazganini bildim. Bizning hatto uruş-uruş öyinimizdan ham enam nega bunçalar dahşatga tuşganini keyin angladim.
Men uruşni körmagan bölsam-da, otamdan, uruş faxriylaridan bu haqda köp eşitganman.
Keyinçalik men tengi avlod endi voyaga yetganida Afğon uruşi boşlandi. Köp döstlarim, qarindoşlarim mazkur uruşga jalb etildi. Kasbim taqozosiga köra tumanimizning Afğon uruşida qatnaşgan yigitlari bilan köp hamsuhbat böldim. Afğon tuproğida bevaqt halok bölgan tumanimizning 13 nafar öğloni haqida körsatuvlar tayyorladim. Va anglaganim şu böldiki, oradan 65 yildan ziyod vaqt ötsa-da ikkinçi jahon uruşi, 30-yilça ötib afğon uruşi hamyurtlarimiz qalbiga solgan jarohatlar, jabr-sitamlar hali unutilgani yöq. Bolamlab yiğlagan onalarni körganimda iloyo uruşning nomi öçgay, deya tilaganman, yuraklarim ezilgan.
Ha, uruş ayriliq, vayronalik, jabru sitam, azob-uqubat, degani.
Istiqlol tufayli barça jabhalarda şiddat bilan rivojlanişga erişayotgan mamlakatimizning har bir fuqarosi bugungi tinç-farovon, dorilomon kunlarga şukrona aytib yaşamoqda. Ertangi kunimiz bugungi kunimizdan-da nurli, sururli bölişiga intilmoqda.
Afsuski, xalqaro vaziyatning tezkorlik bilan özgarişi, yer yuzining turli nuqtalarida yangi nizo öçoqlarining paydo bölişi nafaqat biz, balki butunjahon jamoatçiligida katta taşviş tuğdirmoqda.
Ayniqsa oradan 30-yildan ziyod vaqt ötib ham Afğonistonda qaltis va tahlikali vaziyatning saqlanib qolayotgani yaqin qöşni bölgan mamlakatimiz tinçlik-osoyiştaligiga xavf bölib qolayapti. Şu boisdan ham Yurtboşimiz afğon zaminida tinçlik örnatiş dolzarb vazifa ekanligini nufuzli minbarlarda qayta-qayta taʼkidlamoqda.
Yurtboşimiz I.Karimov Afğoniston mojarosini jahon hamjamiyati yordami bilan, mamlakat içki işlariga taşqi kuçlarning aralaşuvisiz, tinç muzokaralar yöli bilan hal qiliş taklifini ilgari surganini köpgina davlatlar qöllab-quvvatlamoqda.
Joriy yil 9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Yurtboşimiz ommaviy axborot vositalari xodimlariga bergan intervyusini öz içiga olgan, özbek va ingliz tillarida naşr etilgan "Özbek xalqiga tinçlik va omonlik kerak" risolasida ham şu xususda töxtalib, Afğonistondagi mavjud ahvol naqadar jiddiyligi, uning yeçimi böyiça tezkor harakat va çora-tadbirlar zarurligi haqida gapirdi.
Prezidentimizning bu taşabbusini, xulosa va takliflarini köpgina davlatlar namoyandalari va xalqaro ekspertlar qöllab-quvvatlaşmoqda.
Yurtboşimizning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaş borasidagi saʼy-harakatlari butun xalqimizning xohiş-irodasiga hamohangdir. Ha, bizga, özbek xalqiga, har bir kuni mamlakatimizni yanada ravnaq toptiriş yölida muhim qadam bölib qolayotgan yurtdoşlarimizga tinçlik kerak, öz öçoq-boşidagi omonligi kerak!
Oygul RAJABOVA.
(Foto - http://xs.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶