NAVOIY SIYMOSINI YaRATISh BORASIDA TANLOV
Necha asrki bobokalonimiz Alisher Navoiy adabiy merosi nafaqat Oʻzbekiston, balki dunyo xalqlari tomonidan zoʻr qiziqish bilan oʻqib-oʻrganib kelinmoqda, har bir asaridagi ilm, maʼrifat, maʼnaviyat ziyosining beqiyos ahamiyati davrlar osha oʻz qimmatini yoʻqotmay kelmoqda.
Shu boisdan taʼlimning barcha bosqichlaridagi yoshlarni Navoiy asarlarini oʻqishga keng jalb qilish muhim vazifa boʻlib kelayotir.
Yaqinda shu maqsadda 3-sonli Amudaryo akademik litseyida ulugʻ mutafakkir shoir Alisher Navoiyning siymosini yaratish borasida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
Tanlovda ishtirok etgan 50 nafardan ziyod oʻquvchilar alloma bobomizning suratini jonli va yaqqol gavdalantirib berishga intilganlar.
Tanlov gʻoliblari litsey maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶