BRUTsELLYoZ HAYVONLARGA XOS KASALLIK, LEKIN INSONGA HAM YuQIŞI MUMKIN
Brutsellyoz qişloq xöjalik va uy hayvonlari örtasida keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Bu kasallik bilan odam ham kasallanadi. Odamlarda xastalik köproq surunkali keçadi va bemorning uzoq muddatga iş qobiliyatini yöqotişiga va hatto, nogironlikka olib keladi.
Respublikamizda çorvaçilik keng rivojlangan. Çorva hayvonlari brutsellalarga öta sezuvçan hisoblanadi. Kasallik köproq mayda şoxli hayvonlardan yuqadi. Brutsellyozga çalingan hayvonlar öz vaqtida soğlom hayvonlardan ajratilmasa, kasallik köpayişiga zamin yaratiladi. Şuningdek, kasallik köpçilik bördoqiçilik fermer va şaxsiy xöjaliklarda, mayda va yirik şoxli hayvonlar birgalikda saqlanganda ham osongina yuqadi. Bunday şaroitlarda infektsiya mayda şoxli hayvonlardan yirik şoxli hayvonlarga yuqib, oxir-oqibat fermer xöjaligi xodimlari, sut soğuvçilar, çöponlar, traktorçilar va boşqa xodimlarning kasallanişiga sabab böladi.
Hayvonlardan brutsellalar taşqi muhitga sölak, sut, qon, jinsiy aʼzolar suyuqligi, platsenta va çala tuğilgan qöziçoq, buzoq orqali ajraladi va tevarak-atrofni ifloslantiradi. Mayda şoxli hayvonlardan kasallik asosan xizmatçilarga hayvonlarni boqişda va parvariş qiliş natijasida yuqadi.
Kasallikning yaşirin davri 3 haftadan 6 haftagaça davom etadi. Kasallik asta-sekin va bilinar-bilinmas darajada boşlanadi. Köpinça xastalik 30 kungaça, goho esa 2 oygaça davom etadi. Bemorlarda haroratning kötarilişi, et uvişişi, asabiylaşiş va muşaklarda oğriq turişi kuzatiladi. Şuningdek, teri va taşqi şilliq parda rangining oqarişi va kamqonlik, haroratning oşib ketişi, tilni oq karaş qoplaşi ham kuzatiladi. Kasallikka xos belgilardan biri haroratning oşişi bölib, harorat 7-12 kungaça pasaymaydi.
Kasallikning yarim ötkir turida yuqoridagi klinik belgilardan taşqari, limfa bezlarining kattalaşişi, jigar va taloqning şişi röy beradi. Harakat va tayanç aʼzolarida artralgiya, oyoqning yirik böğimlarida oğriq sezilişi, qöl böğimlarida artrit belgilari va böğimlar harakatining çeklanişi kuzatiladi. Uyqusizlik, boş oğrişi yuzaga keladi. Jinsiy va tanosil aʼzolarida baʼzi kasalliklar, ayollarda hayz körişning buzilişi, bola tuşişi, va muddatidan ilgari tuğiş hollari röy beradi.
Kasallikning asosiy manbaini hisobga olgan holda turli xil qişloq xöjalik hayvonlarini brutsellyoz bor yöqligi böyiça laboratoriya tekşiruvidan ötkaziş va hisobga oliş muhim ahamiyatga ega. Brutsellyozga nisbatan laboratoriya tekşiruvi manfiy natija bergan hayvonlarni tezda brutsellyozga qarşi emlaş lozim.
Kasallik manbaini öz vaqtida aniqlaş va kasal bölgan hayvonlarni ajratib qöyiş, xöjalik işçi xodimlari orasida profilaktik çoralar köriş, mabodo, kasallik aniqlansa, ularni darhol tekşiriş va tegişli davo tayinlaş zarur. Tibbiyot va veterinariya xodimlari orasida özaro axborot berişni yölga qöyiş, epizootik va epidemiologik nazoratni kuçaytiriş, bemor aniqlangan oila, şaxsiy xöjaliklar, fermer xöjaliklari va hayvonlar mahsulotlarini qayta işlaydigan korxonalarning işçilarini brutsellyoz bor-yöqligiga qarşi tekşiriş kabi çoralar talab qilinadi.
Kasallikning oldini olişda xom sut va sut mahsulotlarini isteʼmol qilmaslik, ovqat tayyorlaş jarayonida göşt mahsulotlariga yetarliça termik işlov beriş, hayvon terisi va juniga işlov berişda zarur texnologik qoidalarga rioya etiş talab qilinadi.
Dilfuza Rahimova, revmatolog-şifokor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶