Keksayişga qarşi kuraşişning yangi usuli topildi
Portugaliyalik olimlar tomonidan keksayişga qarşi kuraşişning yangi usuli topildi. U xujayralarda xromosomalarning meʼyoridan oşib ketişining oldini olişga qaratilgan. Tadqiqot haqidagi dastlabki maʼlumotlar “BioRxiv.org” manbasida berildi.
Yoş ötgani sayin aneuploidiya (xromosoma miqdori özgarişi) holatiga duçor böladigan xujayralar soni köpayib boradi. Bu inson organizmi qarişi hodisasi bilan boğliq. Yaʼni mitoz (xromosomalar ikkita yangi yadro örtasida qatʼiy bir xil bölinişi jarayoni) yordamida tanadagi xujayralarning bölinişiga javobgar bölgan genlar faolligida özgariş kuzatiladi.
Siçqonlarda ötkazilgan tajribalardan maʼlum böldiki, mitozni taʼminlab beruvçi mexanizmning buzilişi progeriya (Xatçinson-Gilford alomatlari), yaʼni muddatidan oldin qariş bilan keçadigan genetik kasalligini rivojlantirib yuboradi.
Olimlar yevropoid irqidagi erkak jinsiga mansub odamlar xujayralaridan keksayiş markerlari (belgilari)ni tahlil qildi. Ayon böldiki, keksayiş DNKga boğlangan va xujayralar bölinişini nazorat qiluvçi G2-M genlari faolligini tartibga soladigan oqsil (FoxM1)ning transkriptsion omili pasayib ketişidan kelib çiqar ekan.
Tadqiqotçilar keksalar va progeriya bilan oğrigan bemorlar xujayralarida ana şunday oqsillar sonini köpaytirib, aneuploidiyani bartaraf etişga muvaffaq böldi. Bundan taşqari, keksayiş belgilari ham kamaygani kuzatilgan. Mutaxassislarning aytişiça, mazkur izlaniş natijalari qarişga karşi kuraşişning terapevtik metodlarini işlab çiqişda qöl keladi.
Manba: xs.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶