12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:53
Jamiyat 👁 1,453

DAVLAT DASTURIDA ULUĞVOR REJALAR BELGILANGAN

DAVLAT DASTURIDA ULUĞVOR REJALAR BELGILANGAN

Prezidentimizning joriy yil 22-yanvardagi Farmoni bilan “2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” da amalga oşirişga oid Davlat dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida 37 ta Qonunni işlab çiqiş, 142 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qiliş, şuningdek, turli sohalarni qamrab oladigan 52 ta çora-tadbirni

amalga oşiriş közda tutilgan. Davlat dasturida “Har bir davlat xizmatçisi har kuni özining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlaşi şart”, degan qoidani röyobga çiqarişga alohida eʼtibor qaratilgan.

Muxbirlarimiz Davlat dasturining mazmun-mohiyati va ahamiyati, unda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oşirişda deputatlarning örni haqida xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlaridan bir guruhini suhbatga çorladi. Demak, söz deputatlarga!

Madamin KAZAKOV:

Dasturning 1-bobi «Davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari» deb nomlanib, unda demokratik islohotlarni çuqurlaştiriş va mamlakatni modernizatsiya qilişda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuçaytiriş, davlat, jamoatçilik boşqaruvi tizimlarini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar belgilangan.

Saylov Kodeksi loyihasini işlab çiqiş, Özbekiston Respublikasi saylovçilarining Yagona elektron röyxati axborot tizimini takomillaştiriş va «Elektron hukumat» tizimi doirasida butun respublika böyiça joriy etiş, «Davlat xizmati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini işlab çiqiş, davlat xizmatlari yagona reyestrini şakllantiriş va «Yagona darça» tamoyili asosida qöşimça ravişda yuridik şaxslarga 40 turdagi, jismoniy şaxslarga 19 turdagi davlat xizmatlarini körsatiş tartibini joriy etiş şular jumlasidandir.

Dasturga muvofiq yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartibini soddalaştiriş, «Jamoatçilik nazorati töğrisida»gi Qonun loyihasini qabul qiliş nazarda tutilmoqda.

Endilikda nodavlat OAVlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça davlat fondi taşkil etiladi, fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari saylovi jarayoni takomillaştiriladi.

Bu kabi işlar davlat va jamiyatning yanada taraqqiy etişiga xizmat qiladi.

***

Sanobar XÖJAMURODOVA:

Dasturning ikkinçi bobida Sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini taʼminlaş, sudning nufuzini oşiriş, sud tizimini demokratlaştiriş va takomillaştiriş böyiça keng kölamli işlarni amalga oşiriş belgilangan.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini taʼminlaş maqsadida Fuqarolarning qiynoqqa solinişi yoki boşqaça tarzdagi qadr-qimmatini kamsituvçi tazyiqlardan himoyalaniş kafolatlarini kuçaytiriş, doimiy va vaqtinça röyxatga qöyiş (hisobga oliş) tartibini soddalaştiriş, «Şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini işlab çiqiş nazarda tutilmoqda.

Maʼmuriy, jinoyat va fuqarolik protsessual qonunçilikni takomillaştiriş, jinoyat qonunçiligini yanada liberallaştiriş, «Huquqni muhofaza qiluvçi organlar töğrisida»gi, «Milliy xavfsizlik xizmati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunlari loyihasini işlab çiqiş közda tutilmoqda.

Dasturda nazarda tutilgan içki işlar organlarining yöl-patrul va patrul-post xizmatlari barça xodimlarini videokameralar bilan taʼminlaş, fuqarolarning jamoat tartibini saqlaşdagi iştirokini taʼminlaşning huquqiy asoslarini takomillaştiriş kabi vazifalar jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklarning oldini oliş tizimini takomillaştirişga xizmat qilişi bilan yanada ahamiyatlidir.

Bir söz bilan aytganda, dasturning uşbu bobi ötgan yilgi Davlat dasturning mantiqiy davomi bölib, davlat organlarining xalq manfaatlariga xizmat qilişi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini işonçli himoya qilişni ustuvor vazifa qilib belgilaş kabi konstitutsiyaviy tamoyillarning hayotiy ifodasidir.

***

Ilhom POLVONOV:

Dasturning uçinçi bölimida iqtisodiyotni rivojlantiriş va faol tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşning ustuvor yönalişlari böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalarga eʼtibor qaratilgan.

Jumladan, yuqori iqtisodiy ösiş surʼatlarini saqlab qoliş uçun ilğor ğoya, nou-xaular yaratiş va “aqlli” texnologiyalarni işlab çiqarişga ixtisoslaşgan iqtisodiyotning yangi modeliga bosqiçma-bosqiç ötiş böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqilişi közda tutilgan. Mahalliy mahsulotlar eksport hajmini oşiriş, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etiş, mamlakatning investitsion va turistik jozibadorligini oşiriş, pul-kredit siyosatini amalga oşiriş va uni rivojlantiriş, aholi va tadbirkorlik subʼektlarining bank tizimiga işonçini kuçaytiriş böyiça tegişli tadbirlar amalga oşiriladi.

Mamlakat içki bozorida isteʼmol tovarlari va xizmatlar böyiça narxlarning keskin ortişining oldini oliş hamda byudjet daromadlari va xarajatlarning xalq uçun oçiq va oşkora bölişini taʼminlaş ham közda tutilgan.

Soliqqa tortiş tizimini soddalaştiriş, soliq yukini kamaytiriş, bojxona qonunçiligini tubdan takomillaştiriş, muqobil energiya manbalaridan foydalanişni rağbatlantiriş, içki turizmni tizimli rivojlantiriş, ziyorat turizmini sohaning istiqbolli yönalişi sifatida rivojlantiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş çoralarini köriş, namunali fermer xöjaliklarini sayyohlarga xizmat körsatişga moslaştiriş kabilarga ham eʼtibor qaratilgan.

Dasturda ilğor xorijiy davlatlarning tajribasiga asoslangan holda qişloq xöjaligini rivojlantiriş kontseptsiyasini işlab çiqiş belgilangan.

Dasturga muvofiq endilikda iqtisodiyotda davlat iştirokini kamaytiriş böyiça tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekşiriş tizimini qayta körib çiqiş böyiça loyiha işlab çiqiladi.

Davlat dasturida Özbekistonni rivojlantirişning yönalişlari ravşan belgilab berilgan. Har birimizning uni amalga oşirişda faol bölişimiz, davlatimiz taraqqiyoti va istiqbolini kafolatlaydi.

***

Şirin YaNGIBOYeVA:

Avvalo, şuni aytiş kerakki, Davlat dasturi loyihasi 10-20-yanvar kunlari aholi örtasida keng va atrofliça muhokama qilindi va bu jarayon davomida fuqarolardan 4,4 mingta taklif va şarh kelib tuşdi, ulardan Davlat dasturini takomillaştirişda foydalanildi.

Dastur loyihasi tumanimizda ham keng jamoatçilik tomonidan qizğin muhokama qilinib, köplab fikr va takliflar bildirilgani, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonida muhim hujjatlar demokratik asosda, xalq fikri va xohiş-irodasini örgangan holda qabul qilinayotgani, olib borilayotgan davlat siyosati hayotiy va xalqçil ekanidan dalolat beradi.

Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining törtinçi bölimi ijtimoiy sohani yanada rivojlantirişni nazarda tutadi.

Jumladan, ijtimoiy himoya qiliş va fuqarolar soğligini saqlaşni yanada kuçaytiriş, ijtimoiy dorixonalarning rivojlangan tarmoğini yaratiş, aholi bandligi va fuqarolarning real daromadlarini oşiriş, “isteʼmol savatçasi”ni aniqlaş, ijtimoiy uy-joylar qurilişini kengaytiriş, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini va nogironligi bölgan şaxslarni har tomonlama manzilli qöllab-quvvatlaş borasidagi çora-tadbirlar belgilangani xalqimizga yanada manzur bölmoqda.

Dasturning mazkur yönalişida aholi salomatligini mustahkamlaş, millat genafondini yanada yaxşilaş, soğlom farzandni dunyoga keltiriş va tarbiyalaşga alohida eʼtibor qaratilgan.

Bundan taşqari, Toşkent, Nukus şaharlari, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy şeriklik şartlarida yangi maktabgaça taʼlim muassasalarini taşkil etiş belgilangan.

Oliy taʼlim muassasalariga kiriş test sinovlarini bir neça kun davomida ötkaziş belgilandi. Endilikda test sinovi jarayonida şaffoflik taʼminlanib, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalari 2017/2018 öquv yiliga nisbatan kamida 20 foizga oşiriladi.

Dasturda arzon va sifatli uy-joylar quriş kölamini kengaytiriş ham közda tutilgan bölib, 2018-yilda bunday uylarni quriş hajmi 1,5-2 barobar oşiriladi.

Davlat dasturida ifodasini topgan bu kabi vazifalar ijrosini taʼminlaşda biz deputatlar ham faol iştirok etib, öz hissamizni qöşamiz.

Aşirboy QÖŞAYeV:

Mamlakatimizda sönggi bir yil içida inson manfaatlari hamma narsadan muhim ekanligining amaliy isboti sifatida qabul qilingan Prezident Farmonlari va Qarorlari haqiqatan ham xalqimiz hayotini tubdan yangilaşga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Bu borada ijtimoiy sohada, ayniqsa, mahallalar kesimida amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar salmoqli örin tutadi.

Xalqimiz turmuş tarziga xos bölgan diniy bağrikenglikni, millatlararo totuvlik ğoyalarini yanada mustahkamlaş, şuningdek, Özbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik Kontseptsiyasi yangi tahririni tasdiqlaş, ekstremizm tahdidlarining oldini oliş, unga qarşi kuraşiş va bartaraf etişga qaratilgan “Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini işlab çiqişga qaratilgan çora-tadbirlarning belgilanişi ham bevosita xalqimiz manfaatlariga xizmat qilişi bilan muhim ahamiyatga egadir.

Bundan taşqari, axborot resurslari va internet tarmoqlari orqali ekstremizm va terrorizmning jirkanç ğoyalarini mamlakatimizda tarğib etişning oldini oliş, ekstremistik ğoyalar taʼsiriga adaşib tuşib qolgan yoşlar ongini ijobiy tomonga özgartiriş, ularni tarbiyalaş va soğlom hayotga qaytariş joriy yilda doimiy amalga oşirişimiz lozim bölgan dasturiy vazifalarimizdandir.

Tumanimizda özbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman, rus, tatar, koreys, qirğiz va boşqa millat vakillari bir oila farzandlari kabi hamjihatlikda yaşab, mehnat qiladilar. Ularning bobomeros urf-odat va anʼanalari, maʼnaviy qadriyatlariga hurmat va ehtirom körsatiş, diniy eʼtiqodlarini qadrlaş – döstlik va qardoşlik burçimiz. Prezidentimiz aytganlaridek: “Har bir davlat xizmatçisi har kuni özining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlaşi şart”, degan oltin qoida har bir ovul va mahalla fuqarolar yiğini rahbari, har birimizning faoliyatimizda asosiy mezon bölmoği kerak. Va yana şuni çuqur anglab yetmoğimiz kerakki, har kungi mehnat faoliyatimizda xalq manfaati, tinç-totuvligi öz aksini topmoği şart va har bir mahallada, jamoada diniy va insoniy bağrikenglik muhitini qaror toptiriş zimmamizdagi yuksak masʼuliyatdir.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026