YuQUMLI KASALLIKLAPDAN SAQLANISh BOʻYIChA TAVSIYaLAP BEPILDI
Shu yilning 8-fevral kuni Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida kollej oʻquvchilari va oʻqituvchilarining sogʻliqni saqlash muassasalari shifokorlari bilan uchrashuv yigʻilishi oʻtkazilib, unda virusli gepatit kasalligi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Tadbirda dastlab Qoraqalpogʻiston Pespublikasi prokuraturasi vakili Q.Peyimnazarov soʻzga chiqib, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida, bu borada erishilayotgan yutuqlar va ayrim kamchiliklar haqida gapirdi.
Shundan soʻng Pespublika yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori A.Janabayeva soʻzga chiqib, yuqumli kasalliklarni bartaraf etish yuzasidan tibbiyot sohasi xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi va yigʻilish ishtirokchilarini tozalikka hamisha eʼtibor berishga daʼvat etdi.
Yigʻilishda tuman DSENM shifokori G.Tajiboyeva soʻzga chiqib, sariq kasalligining insonlarga yuqishi sabablari va undan saqlanish yoʻllari haqida gapirdi.
Shuningdek, yigʻilishda soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻiston Pespublikasi sanitariya-nazorat markazi xodimi I.Baynazarov yuqumli kasalliklardan biri – sariq kasalligi, yaʼni virusli gepatit va uning turlari, bu kasallikdan saqlanish hamda davolanish yoʻllari haqida gapirdi, qator tavsiyalar berdi.
Yigʻilish yakunida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.
Puslanbek PAJAPOV, kollejda
tashkil etilgan “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶