Yutuqlar yangi marralarga chorlayapti
Oʻzbekiston Pespublikasi jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi tomonidan yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida joriy yilning 23-25-fevral kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Oʻzbek jang sanʼati” musobaqalarida 69-sonli umumtaʼlim maktabi yosh sportchilari ham faol ishtirok etishib, katta muvaffaqqiyatlarni qoʻlga kiritgan edilar.
Oʻzbekiston chempionatining shaxsiy bellashuv yoʻnalishi boʻyicha 2010-2011-yillarda tugʻilgan sportchilar ishtirokida oʻtkazilgan ushbu musobaqada maktabning 1-“B” sinf oʻquvchisi Akrom Matyoqubov 22kg vazn toifasida, 8-“B” sinf oʻquvchisi Puslan Ibragimov 48kg.vazn toifasida, 7-“A” sinf oʻquvchisi Hakimjon Madrahimov 40kg.vazn toifasida va 6-“A” sinf oʻquvchisi Javlon Bozorboyev 34kg.vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, faxrli oʻrinlarni egallashga erishdilar.
Ayni kunda bunday yutuqlardan ruhlangan maktab sportchilari bir qancha turdagi sport musobaqalarining hududiy va tuman bosqichlariga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqdalar.
Hilola Otaboyeva,
Maktabda tashkil etilgan
“Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶