Amudaryolik qizlar - Özbekiston vitse-çempioni!
Yaqinda 22-27-mart kunlari davomida Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida 14 yoşgaça bölgan ösmir qizlardan iborat jamoalar örtasida sportning mini-futbol turi böyiça Özbekiston çempionati musobaqalari ötkazildi. Çempionat musobaqalari 3 turda ötkazilib, ularda Qaşqadaryo, Navoiy, Xorazm, Andijon, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasidan taşrif buyurgan 7 ta futbol jamoalari qizlari iştirok etdilar.
Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ötkazilgan musobaqada iştirok etib, 1-örinni qölga kiritgan Amudaryo tumani futbol jamoasi qizlari Özbekiston çempionligi uçun ötkazilgan musobaqalarning birinçi turida Sirdaryo viloyatining “Guliston” jamoasi bilan öyinda qatnaşib, ğoliblikni qölga kiritdilar. Ikkinçi tur öyinlarida Xorazm viloyatidan taşrif buyurgan futbol jamoasi qizlari bilan maydonga tuşib, ularni ham öz gollari bilan ortda qoldirdilar. Uçinçi turga çiqqan tuman futbol jamoasi qizlari Andijon viloyati futbol jamoasini 4:2 hisobida yutib çiqib, musobaqaning final bosqiçiga yölllanma oldilar.
Final bosqiçda amudaryolik futbolçi qizlar Qarşi şahrining “Sevinç” futbol jamosi qizlari bilan maydonda töp surişdilar. Futbol maydonida qizğin ötgan musobaqalarda Amudaryo tumani futbol jamoasi qizlariga Özbekiston Respublikasi çempionatining 2-örin ğolibi böliş nasib qildi. Jamoa qizlari kubok, kumuş medal, diplom va sovğalar bilan taqdirlandilar.
Çempionatdan sovrinli örin va medallar bilan qaytgan Amudaryo tumanining Xolimbeg ovuli futbol jamoasini tuman hokimligi, tuman sport qömitasi, tuman Bolalar-ösmirlar sport maktabi murabbiylari va sportçi yoşlari hamda ota-onalar tantanali kutib oldilar. Kutib oliş marosimida tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, tuman hokimi örinbosari Maryam Ahmedova, tuman Bolalar va ösmirlar sport maktabi direktori Çorşam Tojimurodov hamda ota-onalar sözga çiqib, qizlarni qizğin qutladilar. Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev mini futbol böyiça ötkazilgan Özbekiston çempionati musobaqalarida iştirok etib, 2-örin ğolibi bölgan qizlar va ularning murabbiylarining har biriga bittadan, jami 13 ta velosiped sovğa qildi.
Ozoda Xudoyberganova, jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶