Amudaryo tumanida kichik sanoat zonasini tashkil qilish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Qoraqolpogʻiston Pespublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida joylashgan “Amudaryo paxta tozalash zavodi” aktsiyadorlik jamiyatining eski binosini kichik sanoat zonasiga aylantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu boʻyicha tuman ishchi guruhi tuzilib, jami 14,3 gektar yer maydoni, shundan 11 ming 803 kvadrat metr qurilish maydoni va hududdagi binolar xatlovdan oʻtkazildi.
Kichik sanoat zonasi hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik subʼektlariga biznes rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan, keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 5-yillik uzoq muddatga ijaraga beriladi. Kichik sanoat zonasi hududidagi koʻchmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijara toʻlovining “nol” stavkasi belgilangani tadbirkorlar uchun katta imtiyozdir. Qolaversa, Prezidentimizning “2017-2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi qaroriga muvofiq sanoat sohasida yangi tashkil etiladigan mikrofirmalar va kichik korxonalarning Qoraqalpogʻistonning aksariyat, shu jumladan Amudaryo tumanida ham 2022-yilning 1-yanvarigacha yagona soliq toʻlovini toʻlashdan ozod etilgan.
Tumanda yashovchi aholi va tadbirkorlarni ushbu imkoniyat va imtiyozlardan foydalanib, mazkur kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga chaqirib qolamiz.
Gʻ.Yeshniyozov.
(Foto: OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶