ZAXM – YuQUMLI TANOSIL KASALLIGI
Mamlakatimizda tibbiyot sohasining jadal rivojlanişi, ayniqsa odamlarga ayrim kasalliklar böyiça bepul tibbiy xizmat körsatilişi natijasida birqança turdagi yuqumli kasalliklar sezilarli darajada kamaydi.
Masalan tanosil kasalliklari turkumiga kiradigan zaxm kasalligini olaylik. Bundan 30-yillarça oldin aholi orasida ança köp bölgan bunday kasallik hozirgi kunda kamdan kam uçraydi.
Ammo töqlikka şöxlik deganlaridek ayrim yurtdoşlarimiz içkilikka ruju qöyişib, mast holda notaniş ayollar bilan jinsiy yaqinlik qilişlari sababli şunday baloga giriftor bölişadi.
Xöş, bu turdagi kasallik haqida biz nimalarni bilamiz?
“Zaxm” sözi fors tilida “jarohat”, lotin tilida esa “yuqumli manba” degan maʼnoni bildiradi. Zaxm – bu oqiş treponema mikrobi bilan çaqiriladigan, asosan, jinsiy yöl orqali yuqadigan, naslga ötuvçi surunkali tanosil kasalligi hisoblanadi.
Dastlabki bosqiçlarda bu kasallik faqat terini şikastlantiradi, keyingi bosqiçlarda esa jamiki içki aʼzolarda oğir jarohat öçoqlarini paydo qilişi mumkin.
Zaxm bilan oğrigan bemor kasallikning yuqumli bosqiçlarida boşqalar uçun juda xavfli hisoblanadi. Kasallik turli yöllar bilan yuqişi mumkin. Ammo 95-98 foiz hollarda u faqat jinsiy aloqa orqali yuqadi.
Odam organizmiga yemiruvçan taʼsir körsatuvçi kasallik qözğatuvçilari – rangsiz spiroxetalar terining tirnalgan, şilingan joylaridan ötib, xastalikni yuzaga keltiradi. Köpinça kasallikning ilk alomatlari teriga yuqumli manba tuşganidan 20-25 kun ötgaç paydo böladi. Bu – zaxmning yaşirin davri hisoblanadi. Hali ilk belgilar paydo bölmagan şu davrda ham bemor jinsiy aloqa yöli bilan öz kasalligini boşqalarga yuqtirişi mumkin. Kasallikning yaşirin (inkubatsion) bosqiçi örtaça 3-4 haftaga teng deyilsa-da, goho bu davr uzoqroq yoki aksinça qisqaroq davom etişi ham mumkin.
Zaxmning birlamçi davri yaşirin bosqiçdan söng, yaʼni zinokorlikdan 3-4 hafta vaqt ötgaç boşlanadi. Bu payt oqiş treponemalar kirgan joyda yara paydo böladi. Qattiq şankr deb ataluvçi bu yara köpinça jinsiy aʼzolarda paydo böladi. Qattiq şankr yumaloq yoxud oval şaklli, deyarli oğriqsiz, puştisimon rangli, qöl bilan paypaslab körilganda qattiqligini seziş mumkin bölgan yara körinişida ifodalanadi.
Zaxmning birlamçi davri örtaça 6-7 hafta davom etadi. Odatda, yara paydo bölgandan 5-8 kun ötgaç, yaqin tegradagi limfa tugunlarining şişib kattalaşişi kuzatiladi. 3-4 hafta ötgaç esa birlamçi, faol zaxmda barça limfa tugunlarining kattalaşişi röy beradi.
Kasallik dastlabki bosqiçdayoq aniqlanib, davo çoralari körilmasa, zaxmning ikkinçi davri boşlanadi va 7-10 hafta ötgaç, badan hamda oyoq qöllarga oç qizğimtir toşmalar toşadi. Buning xavfli tomoni şundaki, toşmalar odamni unçalik bezovta qilmaydi. Şuning uçun ham köpçilik unga beparvo bölib, kasallikni navbatdagi bosqiçga ötkazib yuborişi mumkin.
Bu davrda baʼzi bemorlarda soç tökilişi, böyin, töş terisi rangining oqarişi kuzatiladi. Bemor bu davrda ham davolanmasa, kasallik yuqqanidan 3-4-yil ötgaç, zaxmning uçunçi davri boşlanadi. Bu davrda terining çuqur qatlamlari, suyaklar, içki aʼzolar şikastlanadi. Suyaklar yemirilişi natijasida burun egarsimon bölib qolişi mumkin.
Şuningdek, tomirlar yupqalanişi natijasida yorilib ketib, bemorning halok bölişi hollari ham uçraydi. Zaxm yuqumli manbasi orqa miyaga ötib ketganda, odam kör, telba yoki falaj bölib qolişi ehtimoldan holi emas.
Kasallik ayniqsa zurriyotga öta salbiy taʼsir körsatadi. U naslga ham ötişi mumkin.
Zaxm tanosil kasalliklari şifokori tomonidan aniqlanib, maxsus reja asosida, muttasil va uzoqroq vaqt davolaşni talab etadigan öta xatarli dard hisoblanadi. Özida uşbu dardning belgilari mavjudligini gumon qilgan şaxslar zudlik bilan teri tanosil kasalligi şifokorlariga murojaat qilişlari lozim.
Karimboy Maşaripov,
tuman köp tarmoqli markaziy
poliklinikasi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶