SAYYoR KITOB KARVONI “ÖZBEKISTON” MAHALLASIDA
Tumanimizning “Özbekiston” mahallasi hududida joylaşgan 44-sonli umumtaʼlim maktabida “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati tomonidan uyuştirilgan “Ommaviy kitobxonlik” oyligi doirasida kitobxonlikka bağişlangan tadbir bölib ötdi.
Tadbirda tahririyat vidooperatori Ravşan Anorov, suratkaş Mahmudjon Şomurodov, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi A.Nafasovlar qatnaşdilar.
Tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça diretor örinbosari Ilhom Bobojonov olib bordi.
Tadbirda belganlangan “Sayyor kitob karvoni” loyihasida tumandagi “amudaryo nur ziyo” MÇJga qaraşli kitob dökoni bilan birgalikda “Jayxun ilhomlari” NNT kutubxonasi hamkorlikda qatnaşdilar.
“Eng yaxşi sovğa - kitob” aktsiyasida tadbirda qatnaşgan ota-onalar farzandlari uçun kitoblar xarid qildilar. Ötkazilgan itadbir qatnaşuvçilarda katta taassurot qoldirdi. Maktab kutubxonaçisi Dilbar Abdullayeva, öqituvçisi Manzura Sultonova, ota-onalardan Safargul Xolimbetovalar tadbir iştirokçilariga öz minnatdorçiligini izhor qildilar. 10-sinf öquvçisi Ozoda Qurbonboyeva bugungi maʼrifat tarqatuvçi mehmonlar taşrifi taassurotlarga boy bölganligini taʼkidlab, öz taşakkurini bildirdi.
* * *
Ana şunday yana bir tadbir 9-sonli maktabda ham ötkazildi. “Sayyor kitob karvoni” loyihasi böyiça “Amudaryo nur ziyo” MÇJga qaraşli kitob dökoni “Jayxun ilhomlari” NNT bilan hamkorlikda kitob savdosi va kutubxona fondi bilan tanişuv tadbirini ötkazişdi. Tadbirni maktab direktori Xayrulla Ötaganov boşqarib bordi.
“Jayxun ilhomlari” NNT raisi Ahmad Nafasov kitob mutolaasini rivojlantiriş böyiça davlatimiz tomonidan beliglangan vazifalar va “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati bilanbirga bajarilayotgan işlar töğrisida gapirib berdi.
Öquvçilar hamda tadbirda qatnaşgan ota-onalar özlari yoqtirgan kitoblarni öqiş uçun kutubxonaga aʼzo böldilar.
“Eng yaxşi sovğa - kitob” aktsiyasi böyiça ota-onalar farzandlari uçun kitoblar xarid qildilar.
Öqituvçi Gulpoşşa Yöldoşevaning ijodkor şogirdlari öz ijod namunalaridan öqib berdilar. Ularga “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan kitoblar sovğa qilindi.
Faxriy öqituvçi Sarvigul Kamolova, uy bekasi Malika Yöldoşevalar bu tadbirning keng omma maʼnaviyatini yuksaltirişida ahamiyati katta ekanini taʼkidladilar. Prezident asarlari mutolaasi tanlovlarining tuman bosqiçida 2-örinni olgan öquvçi Nodira Bobojonova ham katta taassurot olganligini bildirdi.
Ahmad NAFASOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶