IBPOYIM YuSUPOV XOTIPASIGA BAĞIŞLANGAN TANLOV ÖTKAZILDI
Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq şoiri Ibroyim Yusupov XX asrning ikkinçi yarmi va XXI asr adabiyotida serqirra ijodi bilan öz örniga ega böldi. U nafaqat şeʼriyatda, balki dramaturgiya va publitsistikada ham ijod qilib, xalq qalbidan joy oldi.
Qoraqalpoq adabiyotida yorqin sahifa oçgan Ibroyim Yusupov xotirasiga bağişlab tumanimizda yoşlar örtasida “Ayaziy bilimdonlari” tanlovi ötkazildi. Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan Ibroyim Yusupov hayoti va ijodini yoş avlodga yanada çuqurroq örgatiş maqsadida taşkillaştirilgan tanlovda 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan ittifoq faol yoşlari iştirok etdilar.
Tanlovda iştirokçilar Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodi böyiça savol-javob, test sinovi, I. Yusupovning şeʼriyati bilimdonlari hamda şeʼriy parça şoirning qaysi şeʼriga tegişliligini aniqlaş kabi şartlar asosida öz bilimlarini sinovdan ötkazdilar.
Barça şartlarni aʼlo darajada bajarişga harakat qilgan ittifoqning faol yoşlari orasidan ğoliblar saralab olindi. Tanlov yakunida 14 yoşdan 20 yoşgaça bölgan yoşlardan Umida Habibullayeva 1-örin, Mohira Şomurodova 2-örin, Marhabo Örozboyeva 3-örin ğolibi deb topildi. 20-30 yoşdagilar örtasidagi tanlovda esa Dilnoza Ibragimova 1-örin, Yulduz Yusupova 2-örin, Ğulomjon Abdullayevlar 3-örin ğolibi böldilar.
Ğoliblar Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan diplom va sovğalar bilan taqdirlandilar.
Javlonbek YÖLDOŞEV, Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi press-klub yönalişi yetakçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶