YoŞ TENNISÇILAR QORAQALPOĞISTON ÇEMPIONI
Respublikamizda yoş sportçilar örtasida turli sportlar böyiça Çempionat musobaqalari ötkazilmoqda. Tumanimiz sport maktabi sportçilari uşbu musobqalarda iştirok etib, mutlaq ğoliblikni, yaʼni çempionlikni qölga kiritişga muvaffaq bölmoqdalar.
Yaqinda Nukus şahrida 14-16 yoşdagi ösmirlar örtasida stol tennisi böyiça Qoraqalpoğiston Çempionati uçun musobaqa ötkazildi. Musobaqada tumanimiz sport maktabi yoş sportçilari ham iştirok etdilar. Musobaqa jarayonida sportçilarimiz tezkorlik, abjirlik va çaqqonlikda raqiblardan orta qolmaslikka harakat qildilar.
Natijada öz raqiblaridan ustun kelişga erişgan yoş sportçi Jamşid Yusufboyev yakka turdagi musobaqa çempioni bölib, faxrli 1-örinni egalladi. Şuningdek, qizlar örtasida ötkazilgan juftlik öyinlarida Madina Şomurodova hamda Muhabbat Xöjaboyevalar ham 1-örin ğolibligini qölga kiritdilar. Yoş iştirokçilardan Sevinç Rajabova esa öz tengdoşlaridan ustun kelib, 1-örinni olişga muvaffaq böldi. Öğli bolalar örtasida ötkazilgan musobaqada Dilşod Rajabov 2-örin, qizlar örtasida Xurşida Qöçqorova 3-öringa loyiq deb topildi.
Qoraqalpoğiston çempionligini qölga kiritgan ğoliblarga Özbekiston Çempionati musobaqasiga yöllanma berildi.
Hamida RAJABOVA,
Bolalar va ösmirlar sport maktabi murabbiysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶