TUMAN MADANIYaT BOʻLIMI “OBOD QIShLOQ” LARDA MUSIQIY TADBIR OʻTKAZDI

“Obod qishloq” dasturi doirasida obodonlashtirish va qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan tumanimizdagi Nazarxon ovuli va Qipchoq shaharchasida barcha ishlar qizgʻin surʼatlarda davom etmoqda. Yangicha qiyofaga kirayotgan qishloq koʻrinishi aholi hamda obodonlashtirish va taʼmirlash ishlarida ishtirok etayotgan ishchilarni yanada ruhlantirmoqda.
Hududda yashovchi aholi va ishlayotgan ishchilarga yuqori kayfiyat bagʻishlash, ularga zavq va shavq ulashish maqsadida tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari tashabbus koʻrsatib, Nazarxon ovuli, Qipchoq shaharchasida katta tadbir oʻtkazdilar. Tadbirda tuman Madaniyat boʻlimi havaskor sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan katta musiqiy dastur namoyish etildi. Dasturda Madaniyat boʻlimi mudiri Shuhrat Yusupov boshchiligida Anvar Xudoyberganov, Komiljon Boltaboyev, Rashid Rahimov, Vahobjon Abdullayev, Mansur Jalolov, Davron Endirboyev, Gʻayrat Yangiboyev, Ozodbek Matyakubov, Xurshidbek Yangiboyevlar ishtirok qilib, kuy va qoʻshiqlari bilan barchani xushnud etdilar. Shuningdek, soʻz ustasi, qiziqchi Muzaffar Ibragimov qiziqarli chiqishlari bilan barchaga tabassum ulashdi.
Tuman Madaniyat boʻlimi xodimi, suxandon Oybekjon Begimov olib borgan tadbirda “Uyshin” Madaniyat va aholi dam olish markazining toʻgaraklari aʼzolari ham oʻz chiqishlari bilan qatnashdilar. Tadbirga tashrif buyurgan Qipchoq shaharchasi fuqarolar yigʻini raisi Nuraddin Xolboyev aholining madaniy hordiq chiqarishiga xizmat qilgan tuman Madaniyat boʻlimiga xalq nomidan minnatdorchilik bildirdi.
Tuman Madaniyat boʻlimi tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirlarda “Obod qishloq” dasturi boʻyicha obodonlashtirilayotgan “Nazarxon” ovuli va “Qipchoq” shaharchasi aholisi va dastur doirasida mehnat qilayotgan ishchilar mazmunli dam oldilar.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶