OʻzLiDeP faollari uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida uchrashuvlar oʻtkazmoqda
Aholining band boʻlmagan qatlamini tadbirkorlikka jalb etish orqali bandlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan shu maqsadda qator qarorlar joriy etildi.
Bugungi kunda qarorlar ijrosini taʼminlash uchun bu boradagi tegishli Dasturlar aholiga keng tushuntirilmoqda. Alohida tashkil qilingan ishchi guruh bilan birga OʻzLiDeP tuman Kengashi faollari tomonidan ham joylarda uchrashuvlar tashkil etilib, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi mazmun mohiyati va “Har bir oila - tadbirkor” yoʻnalishlari boʻyicha keng tushuntirishlar olib borilmoqda.
Yaqinda OʻzLiDeP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi, tuman Kengashi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashining yoshlar masalalari boʻlimi, tijorat banklari, Yoshlar ittifoqi kabi tashkilotlar hamkorligida Doʻstlik, Farovon, Yangiobod mahallalarida aholi bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanish niyatidagi yoshlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, kreditlar olishida amaliy yordam koʻrsatish orqali ularning bandligini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan uchrashuvda yoshlar ham, ota-onalar ham qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.
“Har bir oila - tadbirkor” va “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturlari boʻyicha targʻibot va tushuntirishlar boshqa mahallalarda ham davom ettirilmoqda.
Muqaddas BEKNAZAROVA, OʻzLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶