MAHALLA FUTBOLChILARI DOIMO GʻOLIB
Mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor bugungi kunda oʻz samarasini berayapti. Biz buni Amudaryo tumanidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabida taʼlim olayotgan 11-12 yoshli bolalardan tashkil topgan “Qizilcholi” futbol komandasi misolida ham aniq koʻrishimiz mumkin. Negaki, ushbu qishloq futbol komandasi oʻzining qator gʻalabalari bilan elga tanildi.
“Qizilcholi” futbol komandasi avvalo Kuyukkoʻpir ovulidagi mahallalararo oʻtkazilgan “Futbolimiz kelajagi” anʼnaviy sport musobaqalarining tuman hududiy bosqichida, keyinchalik ushbu musobaqaning tuman bosqichida ishtirok etib, faxrli birinchi oʻrinlarni egallashga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, bu komanda musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy bosqichida, yaʼni Amudaryo, Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlari sportchilari ishtirokida Ellikqalʼa tumanida oʻtkazilgan futbol oʻyinlarida ham birinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.
Shunday qilib, “Qizilcholi” futbol komandasiga shu yilning 7-avgust kuni “Futbolimiz kelajagi” anʼanaviy sport musobaqasining Xoʻjayli shahrida oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi final bosqichida ham ishtirok etish nasib qildi.
“Qizilcholi” futbol komandasi musobaqaning ushbu bosqichida ham birinchi oʻrin sohibi boʻldi. Gʻolib komanda 1-darajali diplom, medal, kubok va boshqada qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Kuyuk koʻpir ovulidagi “Qizilcholi” mahallasining “Qizilcholi” futbol komandasi aʼzolari futbol oʻyinlari sirlarini oʻrgatayotgan oʻz murabbiylari, 9-sonli umumtaʼlim maktabi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Maqsud Bozorboyev va yordamchi murabbiy Anvar Yoʻldoshevlardan minnatdor boʻlmoqdalar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶