AHOLI SALOMATLIGINI SAQLAŞGA JIDDIY EʼTIBOR BERILAYaPTI
Amudaryo tumanining Xitoy ovulidagi 6-sonli qişloq oilaviy poliklinikasi ayni kunda 2 ta ovul va 2 ta mahalla aholisiga namunali tibbiy xizmat körsatmoqda.
Jami 2943 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 17945 nafar aholiga tibbiy xizmat körsatişga möljallangan uşbu oilaviy poliklinikada 9 nafar umumiy amaliyot şifokori, 18 nafar patranom-hamşiralar va 3 nafar tor mutaxassis faoliyat körsatişayapti.
Oilaviy poliklinikada faoliyat körsatayotgan tibbiyot xodimlari uyma-uy kirişib, kasalliklarni erta aniqlaş, xomilador ayollarni nazorat qiliş, nogironlarni körikdan ötkaziş va ularga yordamlar körsatiş kabi muhim işlarni öz vaqtida amalga oşirilayapti.
Oilaviy poliklinika xodimlari ayollar örtasida erta tuğruqning oldini oliş va tuğruqlar oraliğiga eʼtiborni kuçaytiriş borasida suhbatlar ötkazilayapti. Şuningdek, ular tomonidan OITS va boşqada yuqumli kasalliklarning oldini oliş böyiça ötkazilayotgan tuşuntiriş işlari ham yaxşi natijalarni berayapti.
Hududda ayniqsa sil kasalliklari böyiça olib borilayotgan profilaktik işlar, şuningdek ankologik kasalliklarni erta aniqlaş borasidagi saʼy-harakatlar diqqatga sazovor bölayapti.
Hududlarda faoliyat körsatayotgan Xosiyat Xudoyberganova, Omon Yeluboyev, Oybek Allamberganov va Sayyora Rajabovalar singari umumiy amaliyot şifokorlari özlarining fidokorona mehnatlari bilan el olqişiga sazovor bölmoqdalar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶