Tizimli ravişda malaka oşiriş mahalla faollarining boşqaruv mahoratini yanada yaxşilaydi
Maʼlumki, bugungi kunda yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etişda fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari, xususan, mahallalarning örni va roli tobora ortib bormoqda.
2013-yil 10-oktyabr kuni "Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari xodimlarining malakasini oşiriş böyiça öquv kurslarini taşkil etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.
«Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni amalga oşirilişini taʼminlaş, şuningdek, fuqarolar yiğinlari xodimlarining kasbiy va boşqaruv malakalarini yanada oşiriş, fuqarolarning özini-özi boşqariş organlariga tizimli metodik yordamni taşkil etiş maqsadida qabul qilingan mazkur qaror bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzurida davlat taʼlim muassasasi şaklida fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari xodimlarining malakasini oşiriş böyiça öquv kurslari taşkil etiladigan böldi.
Eʼtiborli tomoni şundaki, mazkur öquv kurslarida malaka oşiradigan fuqarolar yiğinlari raislari, fuqarolar yiğinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilari, fuqarolar yiğinlarining masʼul kotiblari va «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmalarining rahbarlari malaka oşirişning tasdiqlangan jadvaliga köra öquv kurslariga öqişga yöllangan davrida tinglovçilarning asosiy iş joyi böyiça örtaça iş haqi öqiş davrida saqlanib qolinadi va malaka oşiriş uçun öquv kurslariga yuborilgan boşqa şaharlik tinglovçilarga tölanadigan sutkalik pul va taʼlim oliş joyiga bir marta borib-keliş böyiça sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan respublika doirasida xizmat safarlari uçun örnatilgan tartib va miqdorlarda qoplanadi.
Bir söz bilan aytganda, davlatimiz rahbarining mazkur qarori mahalla faollarining kasbiy malakasi va boşqaruv mahoratini oşirişda muhim dasturilamal bölib, bu boradagi işlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötaradi.
Oybek YuSUPOV,
Amir Temur nomli OFY raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶