MEHNAT BILAN OBOD XONADON
Qiliçboy ovulidagi “Xizr eli” mahallasida ehtiromga sazovor bir oila bor. Bu oilaning pir-u badavlat sohiblari – Karimboy ota bilan Qurbongul momolarning elda hurmat-u izzati baland. Oilada ular örnatgan tartib-intizom, sariştalik, obod-axloq va hamjihatlikka barçaning havasi keladi.
Hayot poydevorini halol mehnat bilan qurib, umr keçirayotgan Karimboy ota va Qurbongul momo
7 öğil va 3 qizni voyaga yetkazişdi.
Katta öğil öqituvçilik kasbini tanladi. Qolganlari esa ota izidan borib, dehqonçilikka ixlos qöydi. Farzandlar ota-onalaridan halollikni, mehnatkaşlikni, mehr-oqibat va totuvlikni örganib ulğayişdi.
Mehnatga hamdam bölgan bu xonadonga birin-ketin tuşgan kelinlar ham oiladagi ezgu odatlarga eş bölib, tezda moslaşib ketişdi.
– Mahallamizda bu oilaga havas qiladiganlar köp, – deydi faxr bilan ovuldagi “Rajapov Omonboy” fermer xöjaligining raisi Omonboy Rajabov. – Otaning öğillari Hamza va Jörabek xöjalikning mohir mexanizatorlari. Bahodir esa eng ilğor pudratçi. Ular bu yilgi mavsumda 3 gektarga ekilgan ğöza nihollarini astoydil parvarişlab, möl hosil yetiştirişdi. Ayni kunlarda 5 nafar kelin va bir qiz birgalikda kuniga jami 700 kilogrammdan ziyod paxta terib, xirmonga hissa qöşişmoqda. Özlari yaratgan fayzli boğ va tomorqadan daromad topib, xonadonlarini obod qilib yaşayotgan Karimboy ota va Qurbongul momoning farzandlariga qöşilib, kelinlari ham bu yilgi mavsumda paxta terib, mavsum boşidan buyon jami 8 mln. sömdan ziyod daromad oldilar.
Mehnat bilan obod bu xonadonda Karimboy ota bilan Qurbongul momo 6 öğil, 6 kelin, 15 nafarga yaqin nevaralari bilan ahil-inoq hayot keçirişmoqda. Rözğori bölak bölgan katta öğil ham oilasi bilan har kuni şu yerda, katta xonadon oğuşida.Bir dasturxon atrofida ötirib, jamul-jam bölib yaşayotgan oiladagi totuvlik, hamjihatlikka har qança havas qilsa arziydi.
Ozoda XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶