Futbolchi qizlar Qoraqalpogʻiston Futbol birinchiligida yutuqqa erishdilar

Sport turlaridan futbol boʻyicha oʻtkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etib kelayotgan tumanimiz sportchi qizlari jamoasi faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib, yutuqlarga erishib kelmoqda. Tumanimiz faxriga aylangan sportchilarga tuman Sport maktabida Rufat Bobojonov hamda Bayram Eshimovlar murabbiylik qilishmoqda.
Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Futbol birinchiligi uchun “Yashil maydon malikalari” deb nomlangan futbol musobaqasi oʻtkazildi. Mazkur musobaqada tumanimiz sportchi qizlarining futbol jamoasi ham ishtirok etib, oʻz mahoratini koʻrsatdilar. Maydonda toʻp surishgan barcha raqiblarni ortda qoldirishga erishgan jamoa faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
Musobaqa yakunida gʻoliblarga diplom va sovgʻalar topshirildi.
Hamida Rajabova,
tuman BOʻSM katta murabbiysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶