XIZMATIMIZDAN AHOLI MAMNUN
Tuman Tibbiyot birlaşmasining xöjalik hisobidagi reabilitatsiya bölimi 2014-yilda taşkil qilingan. Biryöla 36 nafar bemorga tibbiy xizmat körsatişga möljallangan bölim xonalari barça şaroitlarga ega. Bemorlarga davolaniş jarayonida uç mahal issiq parhez ovqat beriladi.
Davolaş jarayonida binoning birinçi qavatida joylaşgan fizioterapiya bölimida har bir bemorga mos ravişda turli xil fizioterapevtik muolajalar ötkaziladi.
Bölimda 19 nafar tibbiyot xodimi aholiga xizmat körsatib kelmoqda. Katta hamşira N.Abdrimova, hamşiralar G.Kamolova, Ş.Eşçanova, B.Madrahimova, Ş.Şomurodova, M.Turkmanboyeva, F.Örozimbetovalar bemorlar davolanişi jarayonida muolajalarning öz vaqtida bajarilişi, xonalar ozoda va issiq bölişi, bölim sanitariya normalariga mos kelişini taʼminlab, ahillikda iş olib borişmoqda.
Bölimda yil boşidan beri 1033 nafar bemor davolanib, soğligini tikladi. Ular orasida qöşni Qozoğiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Xorazm viloyati, Beruniy tumani, Ellikqalʼa tumani, Nukus şahridan ham davolanişga kelib, dardlariga şifo topib, bizning tibbiy xizmatimizdan mamnun bölib ketgan bemorlar ham bor.
Kelgusida ham bemorlarga sifatli tibbiy yordam körsatiş maqsadida yangi- yangi davo usullarini joriy qilib, davolaşning samaradorligini oşiriş maqsadida bölim şifokorlari va örta tibbiyot xodimlari doimo öz malakalarini oşirib boradilar.
Bugungi bayram munosabati bilan jamoamiz nomidan yurtimizning barça tibbiyot xodimlarini qizğin tabriklaymiz. Mehnatkaş va mehmondöst xalqimizning salomatligini muhofaza qiliş yölida olib borayotgan zahmatli işlarida katta zafarlar tilaymiz.
Faxriddin IBODULLAYeV,
Tibbiyot birlaşmasi xöjalik hisobidagi
reabilitatsiya bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶