Muruvvat körsatiş – bağrikenglik timsoli
Yiqilganni suyaş, bemorlar, yetim-yesirlar, köngli yarim kişilarga beminnat yordam körsatiş kabi xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlari asrlar oşa hayotimizni bezab kelmoqda. Istiqlol yillarida uşbu anʼana şakl va mazmun jihatidan boyib, yanada sayqallanib bormoqda.
Tumanimizda ham manzilli ijtimoiy himoyani hamda yolğiz keksalarga va imkoniyati çeklangan kişilarga amaliy yordam körsatişni yanada kuçaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar izçil davom ettirilayotir.
Jumladan, "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi tomonidan 2013-yil Navröz - umumxalq bayrami arafasida tumanimizning eng çekka qişloqlaridagi mahallalarda istiqomat qilayotgan 265 nafar kam taʼminlangan oilaga 12 turdagi umumiy miqdori 47.9 mln. sömlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. 3500 dan ortiq yoş oilaga 110.8 mln. sömlik sovğalar berildi. 4 ta kam taʼminlangan oilalarning har biriga bir boşdan jami 5.2 mln. sömlik qoramol hadya etildi.
Şuningdek moddiy madadga muhtoj oilalar farzandlarining nikoh töylari ötkazildi. Ularga maişiy şaroitlarini yaxşilaş maqsadida 3 mln. sömlik uy-rözğor buyumlari sovğa qilindi.
1 nafar nogiron 1.6 mln. sömlik kompyuter jamlanmasi bilan taʼminlandi.
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan 1 nafar talabaning öquv şartnoma mablağini tölaşda amaliy yordam körsatildi.
«Mahalla muruvvati» masʼuliyati çeklangan jamiyati bilan hamkorlikda 1.8 mln. sömlik 11 turdagi kiyim-keçaklar kam taʼminlangan oilalar farzandlariga yetkazib berildi.
«Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman bölinmasiga ariza bilan murojaat qilgan 39 nafar fuqaroning ahvoli örganilib, ularga har tomonlama moddiy va maʼnaviy yordam körsatildi. Eng çekka qişloqlarda yaşovçi 3 nafar nogironga aravaça olib berildi. Tabiiy ofatlardan zarar körgan 2 ta oilaga moddiy kömak uyuştirildi.
Yozgi taʼtil davrida 300 nafar kam taʼminlangan oilalar farzandlarining oromgohlarda bepul hordiq olişlari taşkil etilib, bu işlarga 4.8 mln. söm mablağ sarflandi.
4 ta kam taʼminlangan yakka-yolğiz fuqaroning uylarini taʼmirlaş işlariga 2 mln. söm miqdorda mablağ sarflandi.
Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan 47 ta oila farzandlariga 1 mln. sömlik kiyim-keçaklar ulaşildi.
Ehtiyojmand kişilarni yöqlaş, ularga yordam beriş xalqimizga xos bağrikenglik, mehr-oqibatlilikning yorqin körinişidir. Istiqlol yillarida mazkur qadriyat yangiça şakl va mazmun kasb etib, sayqal topib borayotgani quvonarli holdir.
Yurtimizni obod qilib, aholini ijtimoiy himoyalaş orqali farovon turmuşini taʼminlaş – bizning boş vazifamiz. Ana şu masʼuliyatni çuqur his qilgan holda faoliyat yuritib, «Obod turmuş yili»da kam taʼminlangan oilalar röyxatini şakllantirdik. Bayramlar, turli ommaviy tadbirlar munosabati bilan tumandagi yordamga muhtoj 78 ta oilaning uylari homiylar kömagida taʼmirlanib, 3115 ta kam taʼminlangan oilaga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, 2645 oilaga 46.4 mln. sömlik uç kanalli radio bepul tarqatildi.
Tumanimizdagi 16 ta ovul fuqarolar yiğini va uning hududidagi 19 ta mahallalarning faollari taşabbusi bilan fermer xöjaliklari homiyligida 61 ta kam taʼminlangan, boquvçisini yöqotgan oilaga bir boşdan qoramol olib berildi. Vatan himoyaçilari kuni, Navröz bayrami hamda Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va front ortida mehnat qilgan faxriylar, 100 yoşdan oşgan keksalar, sobiq baynalmilalçi jangçilar, nogiron va yolğiz qariyalar holidan xabar olindi. Ularga bir martalik pul mukofot, hassa, qöltiqtayoq, eşitiş moslamalari va boşqa sovğalar topşirildi.
Öqişda yuqori natijalarni qölga kiritgan 30 nafar öquvçi va talabalar uçun respublikamizning tarixiy va diqqatga sazovor şaharlariga sayohat taşkil etildi.
Bugungi kunda fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari yurt ravnaqi yölida olib borilayotgan barça ezgu işlarda faol iştirok etayotir. Buning uçun mahallalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, yiğin faollarining samarali mehnat qilişlari uçun zarur şart-şaroit yaratişni davrning özi taqozo etmoqda.
«Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi tomonidan ham uşbu yönalişda qator işlar amalga oşirildi.
May-iyul oylarida Navröz - umumxalq xayriya haşaridan tuşgan mablağlar hisobidan 10 ta fuqarolar yiğiniga 10 ta kompyuter jamlamasi, 12 dona stol, 33 dona stul, 8 dona kitob javoni olib berildi.
Sentyabr-dekabr oylarida Mustaqillik bayrami munosabati bilan ötkazilgan haşardan tuşgan mablağlar hisobidan 10 ta mahalla 10 ta kompyuter jamlanmasi, 15 dona stol, 30 dona stul, 3 dona kitob javoni bilan taʼminlandi. Bunga jami 58 mln. söm mablağ sarflandi.
A.BOLTABOYeV,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi masʼul kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶