Toşyoplik ayol-qizlar “Ayollar sport festivali” musobaqalarida ğolib böldilar
Xotin-qizlar qömitasi tomonidan har oyning ikkinçi haftasida “Ayollar sport haftaligi” ötkazib kelinmoqda.
Ötgan haftadagi sport haftaligi yakunidan söng ötkazilgan “Ayollar sport festivali” da ham sportning barça turlari böyiça ötkazilgan musobaqalarda toşyoplik ayol-qizlar faol iştirok etdilar. Sport haftaliklarida qizğin qatnaşib, mahoratini oşirgan toşyoplik Dildora Kamolova stol tennisi böyiça ötkazilgan musobaqada 1-örin ğolibligiga ega böldi. Şaxmat böyiça ötkazilgan musobaqada esa ovuldagi bilimdon şaxmatçi Hilola Bekmurodova 3-örinni egalladi. Voleybol böyiça ötkazilgan musobaqada iştirok etgan ovul ayol-qizlari jamoasi 4-öringa munosib deb topildi.
Sport festivali musobaqalarida ğolib bölgan sportçi ayol-qizlar “Faxriy yorliq” lar bilan taqdirlandilar.
Gulşod Sobirova, Tuman xotin-qizlar qömitasining
Toş yop ovulidagi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶