28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:30
Adabiyot 👁 933

Markaziy Osiyoda Yangi yil

Markaziy Osiyoda Yangi yil

Chor tarafda xush havo, Yangi yildan daraklar,

Kel hey, degan bir sado davralarga yetaklar.

Jaranglar ajib navo, humolanib yuraklar,

Har qarich yer, har maʼvo, bezandi yoʻl, yoʻlaklar,

Qor gulin elar samo, qor bazmida malaklar!

 

Yil aylandi, Vatanga qorli, kumush qish keldi,

Necha shahru yovonga xayrli yumush keldi.

Totuvlik tafti tanga eng yoqimli, xush keldi,

Koʻrdingizmi, har lahza elga huzurbaxsh keldi –

Yurtning husni, koʻrkiga maftun boʻldi falaklar!

 

Ehe-hey, qarang-qarang! Jirovlar jirlayotir,

Soʻqmoqlar oldi qor rang, qirlar-da soʻzlayotir.

Oʻlanlar sochdi jarang, dil-dilni izlayotir,

Anov qirlarga qarang, koʻzlar-da quvnayotir –

Qirgʻizim – qirdoshimdan kelib ezgu tilaklar!

 

Qiz olishib, qiz berdik, oʻrtaga oʻtov tikib,

Maydonlarda bellashdik, oriyat tugʻin tikib.

Qardoshim, deb dil berdik, ezgulik yoʻlin tutib,

Shu yoʻllarda gul terdik, qozoq ogʻamni kutib –

Nasib etdi ming yillik qoʻnoq boʻlib yurmaklar!

 

Pomirdan enib kelgan Amuda ming bir hikmat,

Qondoshim tojik bilan tutashgan obi rahmat.

“Xush omaded!” – deb turgan har shirin zabon albat,

Poʻdakiy, Navoiydan meros ulugʻ qadriyat –

Koʻngillarni oʻstirgan baxtdan baland koʻkraklar!

 

Bedov otni jilovlab, qurga tushgan qurdoshim,

Maxtumqulidan soʻzlab, sogʻintirgan sirdoshim.

Shayx Najmiddin Kubrodan bir ildiz va izdoshim,

Koʻhna Gurganj va Lebob yoʻlida safardoshim –

Turkmanim poyin quchib yozildi gul palaklar!

 

Davralar toʻldi, qarang, necha millat birlashib,

Oʻlan yo aydim soʻrang, kuylab berar jamlashib.

Liboslar kamalakrang, qizlar kelar sirlashib,

Bir tarafda yosh-yalang hatto “qor xat” yoʻllashib –

Yuzlar boʻldi lolarang, gupirganda yuraklar!

 

Yagona tariximiz va koʻngillar mushtarak,

Suv ichgan arigʻimiz, dil jomimiz mushtarak.

Boqiy qadriyatimiz ham shonimiz mushtarak,

Hayit-u ayyomimiz or, shaʼnimiz mushtarak –

Zamin-u osmonimiz, oftobimiz charaqlar!

 

Bir yonda oqin, baxshi, jam boʻldi sozandalar,

Kuy-qoʻshiq davra naqshi, joʻr boʻldi goʻyandalar.

“Lazgi”ning bor-da gashti, qilmayin hech kandalar,

“Omon-omon”dan oldi, sozanda-goʻyandalar –

Markaziy Osiyoni quchib orzu-istaklar!

 

Sulh tuzildi oʻrtada – Tinchlik boʻldi shevamiz,

Ona Yer – xaritada – bir yaylovda tevamiz.

Non-u tuz dasturxonda – bitta bogʻda mevamiz,

Sogʻinib, chorlaganda toʻlib ketar tegramiz –

Ming shukur, boʻldi nasib, davr-u davron surmaklar!

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026