Tuman Madaniyat markazi sanʼatkorlari Orol böyidagi mehnat maydoniga taşrif buyurib, musiqiy dastur namoyiş etdilar
Orol va orolböyi muammolariga alohida eʼtibor qaratayotgan va unga yeçim topiş uçun butun jahon hamjamiyatini jalb etib kelayotgan Prezidentimiz Möynoq tumani aholisi uçun barça qulay şaroitlarni yaratib beriş, Orol dengizi hududidagi ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça aniq vazifalarni belgilab berdi. Şu asosda bugungi kunda Möynoqda yangilaniş, yaratuvçanlik işlari qizğin olib borilmoqda.
Ayni paytda Orol dengizining suvsiz, qurigan hududida yana 500 ming gektar örmonzor barpo etiş uçun saksovul ekilmoqda. Uşbu ezgu işga Qoraqalpoğistonning barça tumanlaridan hamda boşqa viloyatlardan ham yordamçi kuçlar kelib qöl-qanot bölişmoqda. Şu kunlarda Orolning qurigan hududi qizğin mehnat maydoniga aylanib, hamjihatlikda bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda. Bu keng kölamli işlarda amudaryoliklar ham iştirok etib, munosib hissa qöşişmoqda.


Tuman Madaniyat markazi sanʼatkorlari Orolning qurigan hududida jonbozlik körsatayotgan mehnatkaşlarga yanada zavq bağişlaş va dam oliş paytlarining mazmunli ötişini taʼminlaş maqsadida u yerga taşrif buyurib, katta musiqiy dastur namoyiş etdilar. Dastur davomida namoyiş etilgan turli tomoşalar, qöşiq va raqslar barçaga manzur böldi va nihoyatda zavqlantirdi.

Orol dengizining qurigan hududida olib borilayotgan ezgu işlarni amalga oşiriş uçun sidqidildan harakat qilayotgan yurtdoşlarimizning fidoyiligidan ruhlangan tuman Madaniyat markazi sanʼatkorlari Möynoq safaridan katta taassurotlar bilan qaytdilar.


O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶