Urugʻlik chigitlar ekish mavsumiga tayyorlanayapti
Amudaryo tumanidagi “Amudaryo paxta tozalash” AJda 2019-yilning 3-yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlarga amal qilingan holda ishlab chiqarilgan urugʻlik chigitni dorilash tsexlariga tashishni davlat standartlari talablariga mos ravishda yoʻlga qoʻyish, urugʻlik chigitning sifatini buzmaslik, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, dorilangan urugʻlik chigitlarni transportda tashishda belgilangan qoidalarga rioya qilish, urugʻlik chigit saqlanadigan omborlarni dezinfektsiya va dezinsektsiya qilish, ularni yogʻoch tagliklar ustiga taxlash, omborxona haroratini belgilangan meʼyorda saqlash va selektsion navlarning aralashib ketmasligini taʼminlash masalalariga eʼtibor kuchaytirilmoqda.
Bugungi kunda ushbu korxonada rejadagi 1500 tonna urugʻlik chigitning 674 tonnasi, yaʼni 44,9 foizi dorilanib, ekish uchun tayyor qilib qoʻyildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶